Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/01 01:00 Brentford 0-0 Tottenhem
02/01 01:00 Sanderlend 0-0 Manchester Siti
03/01 00:45 Kalyari - Milan
03/01 01:00 Rayo Valyekano - Xetafe
03/01 16:30 Komo - Udineze
03/01 17:30 Aston Villa - Nottingem Forest
03/01 18:00 Selta - Valensiya
03/01 19:00 Sassuolo - Parma
03/01 19:00 Jenoa - Piza
03/01 20:00 Brayton - Byornli
03/01 20:00 Vulverhempton - Vest Xem
03/01 20:15 Osasuna - Atletik Bilbao
03/01 22:00 Yuventus - Lechche
03/01 22:30 Elche - Vilyarreal
03/01 22:30 Bornmut - Arsenal
04/01 00:45 Atalanta - Roma
04/01 01:00 Espanyol - Barselona
04/01 16:30 Lasio - Napoli
04/01 17:30 Lids - Man. Yunayted
04/01 18:00 Sevilya - Levante
04/01 19:00 Fiorentina - Cremonese
04/01 20:00 Everton - Brentford
04/01 20:00 Fulhem - Liverpul
04/01 20:00 Nyukasl - Kristal Pelas
04/01 20:00 Tottenhem - Sanderlend
04/01 20:15 Real Madrid - Betis
04/01 22:00 Verona - Torino
04/01 22:30 Malyorka - Jirona
04/01 22:30 Alaves - Real Ovyedo
04/01 22:30 Manchester Siti - Chelsi

"Arsenal" Angliya chempioni bo‘lishga qattiq kirishgan(mi?) Jamoada qish uchun jiddiy rejalar bor

"Arsenal" Angliya chempioni bo‘lishga qattiq kirishgan(mi?) Jamoada qish uchun jiddiy rejalar bor

Baho:
+ | -

"Arsenal" bosh murabbiyi Mikel Arteta mavsumni omadli boshlagan edi. Shu sababdan bu yurishni davom ettirishni istaydi. Buning uchun esa u yanvar oyida, hech bo‘lmaganda ikkita yirik xaridni amalga oshirishni reja qilgan. Klub egasi Sten Kronke bu harakatni qo‘llab-quvvatlaydi. Yirik tadbirkor o‘z klubiga yangi transferlar uchun mablag‘ ajratishga tayyor ekanini bildirgan. Arteta yozda 130 million funt evaziga Gabriel Jezus, Oleksandr Zinchenko, Fabiu Viyeyra, Mett Tyorner hamda Markinyosni xarid qilgandi.

"Arsenal"ning ko‘pchilik muxlislari jamoasini hali ham chempionlik kurashida qatnashayapti deb hisoblamaydi. Boz ustiga, jamoa so‘nggi turda "Sautgempton"ga imkoniyatni boy berdi va eng yaqin ta’qibchisi bo‘lgan "Manchester Siti"ni o‘ziga ancha yaqinlashtirib qo‘ydi. Ammo mavsumning to‘rtdan bir qismi ortda qolgan bir paytda, "Arsenal"ning hali ham yetakchilik qilayotgani, ko‘pchilikda jamoaning chempionlikka bo‘lgan da’vosi haqida taassurot uyg‘onishiga sabab bo‘ldi.
Ayni paytda Mikel Arteta APL bahslarida asosan 15 ta futbolchisi xizmatlaridan foydalanmoqda. Ammo bu yetarli bo‘lmasligi aniq. Jamoa tarkibni yanada kuchaytirishga muhtoj.

"Arsenal" yozda "Aston Villa" yarim himoyachisi Duglas Luisga taklif yuborgan edi. Ammo bu harakat ish bermagan. Luis hozir birmingemliklar bilan yangi, uzoq muddatlik bitim tuzib oldi. Shu sabab Londonliklar o‘z e’tiborini boshqa tomonga qaratishga qaror qildi. Endilikda, "to‘pchilar" Braziliyadan yana bir futbolchi xarid qilishi mumkin. "Palmeyras" yarim himoyachisi Danilo "Arsenal" uchun yaxshi tanlov bo‘ladi. 21 yoshli futbolchi uchun London klubi 22 million funtdan voz kechishga tayyor ekani aytiladi. Biroq, "Palmeyras"da Daniloni sotish borasida hech qanday reja mavjud emas. "Arsenal" ham anoyilardanmas. Hademay Braziliyada mavsum yakunlanadi. Dam olishda esa ingliz klubi 26 milliongacha narxni oshirib, Daniloni o‘z tarkibiga qo‘shib olish varianti ham ishlab chiqqan.

"Arsenal"ning nishonidagi yana bir nomlardan biri bu Doneskning "Shaxtyor" klubi futbolchisi Mixail Mudrikdir. Ukrainalik yosh talant yanvar oyida APLga kelsa, ajablanmaslik kerak. Agar bu ish ham o‘xshamasa, u holda "Vilyarreal" iqtidori Yeremi Pino ham mavjud. Ispaniyalik yosh hujumchi 25 million funt atrofida bo‘lishi aytilgan. Kuzatamiz, "Arsenal" qishda qay bir rejasini amalga oshirishga muvaffaq bo‘larkin. Harxolda, jamoada hali ham APL chempioni bo‘lishga o‘ta qulay imkoniyat mavjud.

 

 

 

ISMATOV J.

Manba: thesun.co.uk
Kiritildi: 20:15, 26.10.2022.
O'qildi: 2791 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.