"Chelsi"ning "Bayer Leverkuzen" safida harakat qilayotgan futbolchisi Kallum Xadson-Odoi o‘z kelajagi haqida fikr bildirdi. U shunday deydi:
"Men kelajakni aniq ayta olmayman. Aniqki, mavsum oxirida "Chelsi"ga yana qaytaman. Keyingi taqdirim o‘sha yoqda belgilanadi. Men bolaligimdan buyon "Chelsi"ni sevaman. Shu sababdan doimo o‘sha yerda bo‘lishni ma’qul ko‘raman".