Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/09 00:30 Elche 2-3 Real Madrid
16/09 15:00 Chonbuk Motors 2-1 Kashiva Reysol
16/09 15:00 Seul 0-1 Persib
16/09 17:15 Port 1-2 Vissel Kobe
16/09 17:15 Kong-Vittel 1-1 Melburn Viktori
16/09 21:00 Xolidiya 0-0 Nasaf
16/09 21:00 Al-Vahda 3-2 Kuvayt SK
16/09 21:00 An-Nahda 1-1 At-Ta'vun
16/09 21:00 Al-Hussayn 2-2 Ist Bengal
16/09 22:00 Atletiko 4-0 Osasuna
16/09 22:00 Deportivo 0-1 Sevilya
16/09 23:15 Ar-Rayyan 4-3 Al-Faysaliy
16/09 23:15 Ash-Shorta 1-0 As-Siyb
17/09 00:30 Barselona 7-2 Rasing

Davron Fayziyev: “Javohir Sidiqovni oldingi o‘yindagi jarohati – meni aybim”

Davron Fayziyev: “Javohir Sidiqovni oldingi o‘yindagi jarohati – meni aybim”

Baho:
+ | -1

Superliganing 23-turidan o‘rin olgan “Qo‘qon-1912” – “So‘g‘diyona” (2:1) o‘yinidan so‘ng mezbonlar ustozi Davron Fayziyev uzoq kutilgan g‘alaba, jarohatini davolayotayotgan futbolchilar va uchrashuvda uning fikricha kim eng yaxshi o‘yinchi bo‘lgani haqida gapirdi.

“Avvalo, uzoq kutilgan g‘alabani sodiq va bizga oxirigacha ishongan fidoyi muxlislarimizga bag‘ishlaymiz. O‘yin oldidan bir qator yo‘qotishlar bo‘lganiga qaramay, qiyin uchrashuvda g‘alabaga erishdik”, - dedi Fayziyev.

“Biz ham, “So‘g‘diyona ham” so‘nggi paytlardagi bir qator muvaffaqiyatsiz o‘yinlardan so‘ng o‘xshash ahvolda edik. Shunga qaramay, bugun raqibimiz bugun bizga qarshi ajoyib o‘ynadi. Biz bilan tengma-teng vaziyatlar yaratdi. Norxonovning zarbasi gol bo‘lganida, biz mag‘lub edik”.

“Ivan Yosovich uchun mavsum tugadi deyish mumkin. Jarohati tufayli mavsumda bizga boshqa yordam bera olmasa kerak. Javohirga kelsak, uning avvalgi turda “Paxtakor”ga qarshi o‘yinda jarohatini yangilashiga men aybdorman. Jarohati bo‘lsa ham, uni maydonga tushirganim uchun jarohatini qaytalab oldi. Tavakkal qilmasligim va birinchi taymdan keyin uni almashtirishim kerak edi”.

“Fikrimcha, bugun eng yaxshi futbolchimiz darvozabon bo‘ldi. Boshqalar ham zo‘r o‘ynashdi, masalan, Murod Xolmuhammedov va Oybek Rustamov. Umuman, bugun hamma zo‘r o‘ynadi. Bilolxon esa – qahramon. G‘alaba golini kiritgandan keyin boshqalardan ham yaxshiroqda”.

Kiritildi: 22:53, 26.10.2022.
O'qildi: 1190 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик