Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/05 00:00 Real Sosyedad 2-2 Betis
10/05 15:30 Verona 0-1 Komo
10/05 17:00 Malyorka 1-1 Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli 2-2 Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest 1-1 Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas 2-2 Everton
10/05 18:00 Cremonese 3-0 Piza
10/05 18:00 Fiorentina 0-0 Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao 0-1 Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem 0-1 Arsenal
10/05 21:00 Parma 2-3 Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo 0-0 Xetafe
10/05 23:45 Milan 2-3 Atalanta
11/05 00:00 Barselona 2-0 Real Madrid
11/05 23:45 Napoli - Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem - Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano - Jirona
12/05 22:00 Selta - Levante
12/05 23:00 Betis - Elche

Valeriy Kechinov «Bayer»da o‘ynardi, agar...

Valeriy Kechinov «Bayer»da o‘ynardi, agar...

Baho:
+ | -

«Paxtakor» tarbiyalanuvchisi va «Spartak» klubi sobiq hujumchisi Valeriy Kechinov 1998 yili «Bayer» safiga qo‘shilishga yaqin kelgan ekan. Bu haqda uning o‘zi so‘zlab berdi:

«UEFA kubogidagi muvaffaqiyatli mavsumdan keyin menda «Bayer»ga o‘tish imkoni tug‘ilgandi. Ko‘plab klubdoshlarim o‘sha vaqt xorijdan taklif olishdi, lekin hamma qolishni ma’qul ko‘rdi. «Inter»ga qarshi o‘yindan keyin o‘zimni Leverkuzenda ko‘rdim. Faqat jamoa emas, operasiya stolida. Jarrohlik amaliyotidan so‘ng jamoaning o‘sha paytdagi bosh murabbiyi Kristof Daum oldimga kirib, dalda bergani esimda: «Agar shu jarohatga yo‘liqmaganingda, seni aniq sotib olardik». Daum shuning barobarida menga «Bayer» futbolkasini sovg‘a sifatida bergandi».

Ma’lumot uchun, Valeriy Kechinov 1992-1993 yillar davomida «Paxtakor» sharafini himoya qilib, 38ta o‘yinda 30ta gol urgan va O‘zbekiston chempioni bo‘lishdan tashqari, birinchi mavsumda bosh to‘purarga aylangan. 1993 yili esa «Spartak» bilan shartnoma tuzgan hujumchi bir necha mavsum Moskva klubi yetakchilaridan biri bo‘lgan. Har holda, Kechinov «Spartak»ning 157ta o‘yinida 44ta gol va 10ta samarali uzatma qayd etgan, qolaversa, Rossiya chempionatida 6 marta zafar quchgan.

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 14:07, 27.10.2022.
O'qildi: 1414 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик