Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/04 18:00 Xorazm 2-1 Dinamo
03/04 19:00 Navbahor 2-1 Mash’al
03/04 20:15 Nasaf 1-0 Andijon
04/04 00:00 Rayo Valyekano 1-0 Elche
04/04 17:00 Paxtakor - OKMK
04/04 17:00 Real Sosyedad - Levante
04/04 18:00 Qizilqum - Neftchi
04/04 18:00 Sassuolo - Kalyari
04/04 19:15 Surxon - Buxoro
04/04 19:15 Malyorka - Real Madrid
04/04 21:00 Verona - Fiorentina
04/04 21:30 Betis - Espanyol
04/04 23:45 Lasio - Parma
05/04 00:00 Atletiko - Barselona
05/04 17:00 Xetafe - Atletik Bilbao
05/04 18:00 Cremonese - Bolonya
05/04 19:15 Valensiya - Selta
05/04 21:00 Piza - Torino
05/04 21:30 Real Ovyedo - Sevilya
05/04 23:45 Inter - Roma
06/04 00:00 Alaves - Osasuna

OCHL yangi formatga o‘tmoqda

OCHL yangi formatga o‘tmoqda

Baho:
+ | -

Osiyo futbol konfederasiyasi qit’aning klublar miqyosidagi eng nufuzli musobaqasi — Osiyo chempionlar ligasi formatini o‘zgartirishga qaror qildi. Yangi format haqida Alisher Nikimbayev o‘zining telegramdagi kanali orqali xabar berdi.

Demak, 2024/2025 yilgi mavsumdan boshlab OCHLning guruh bosqichida jami 24ta jamoa ishtirok etishi kutilmoqda (hozirda guruh bosqichida 40ta jamoa ishtirok etadi; o‘zi 2021 yildan boshlab 32tadan 40taga o‘tgandi). Bunda jamoalar faqat 2ta guruhga — G‘arb va Sharq guruhlariga bo‘linishadi. Har bir guruhda 12tadan jamoa bo‘ladi. O‘yinlar shaxmatda qo‘llaniladigan "shveysarcha" tizimda o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda.

Bunday formatda barcha mamlakatlarga ajratiladigan kvotalar soni kamayadi. Klublar reytingida dastlabki 2ta pog‘onani band etgan mamlakatlarga guruh bosqichiga 2ta o‘rin beriladi va pastga qarab tushgan sari kvotalar kamayib boradi.

OCHL guruh bosqichida klublar soni kamaytirilganidan keyin OFK yangi musobaqani tashkil etmoqda. Klublarning uchinchi musobaqasiga OFK prezidenti kubogi nomi beriladi (bir paytlar shunday nomdagi musobaqa bo‘lardi).

Chempionlar ligasi — 24ta klub (guruh bosqichidagi klublar soni)

OFK kubogi — 32

OFK prezidenti kubogi — 20

Yangi formatda OCHL saralash bosqichida yutqazgan jamoalar to‘g‘ridan-to‘g‘ri OFK kubogi guruh bosqichiga o‘tadi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 21:38, 28.10.2022.
O'qildi: 10318 marta.
Fikrlar: 10 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик