Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/04 19:00 Neftchi 0-1 Paxtakor
09/04 19:00 Buxoro 2-0 Qizilqum
10/04 23:45 Roma - Piza
11/04 00:00 Vest Xem - Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid - Jirona
11/04 16:30 Arsenal - Bornmut
11/04 17:00 Real Sosyedad - Alaves
11/04 18:00 Kalyari - Cremonese
11/04 18:00 Torino - Verona
11/04 19:00 Brentford - Everton
11/04 19:00 Byornli - Brayton
11/04 19:15 Elche - Valensiya
11/04 21:00 Milan - Udineze
11/04 21:30 Liverpul - Fulhem
11/04 21:30 Barselona - Espanyol
11/04 23:45 Atalanta - Yuventus
12/04 00:00 Sevilya - Atletiko

Samvel Babayan: «Navbahor»da ishlash uchun asab mustahkam bo‘lishi kerak»

Samvel Babayan: «Navbahor»da ishlash uchun asab mustahkam bo‘lishi kerak»

Baho:
+ | -

"Navbahor" jamoasi bosh murabbiyi Samvel Babayan O‘zbekiston kubogi final uchrashuvi oldidan o‘tkazilan matbuot anjumanida ishtirok etib, o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

"Buxoro shahrida bo‘lib turganimizdan xursandmiz. Final – bu futbol bayrami. Ertangi final biz uchun juda ham muhim ahamiyat kasb etadi. Ertaga tarkibda qandaydir o‘zgarish bo‘ladimi? O‘zgarish bor. Bilmadim, ammo, aytishim mumkin, mavsum davomida jamoaning o‘zagi bo‘lgan, yil davomida o‘z darajasini ko‘rsatayotgan o‘yinchilar uchrashuvga tayyor.

Namanganda ishlash oson ish emas. Ham murabbiy, ham futbolchi sifatida. «Navbahor»da ishi yurishmagan, ammo, boshqa jamoada ishlab ketgan insonlar bor. Bu yerda asab mustahkam bo‘lishi kerak. Buni tushuntirishga harakat qilaman. Klub o‘z an’analariga ega. Ammo, bu an’analar 24 yildan buyon amalga oshmay kelayapti. Biz shuni amalga oshirish harakatidamiz. Balki bizgacha ham kimdir harakat qilgandir va bosim tufayli bunga erisha olmagan bo‘lishi mumkin. Bugun «Navbahor» sharafini himoya qilayotganlar esa, bosimlarga bardosh bera oladigan insonlardir. Ularda xarakter va sifat bor. Asosiysi, muxlislarni xursand qilishni uddalay olyapmiz va bu meni quvontirayapti.

Mavsum davomida biz o‘zimiz yarata olgan vaziyatlardan unumliroq foydalana olganimizda, boshqa vaziyatda turgan bo‘lar edik. O‘zimiz bilan teng saviyali raqiblarni mag‘lub eta oldik. Biroz darajasi pastroq jamoalar bilan esa, ko‘p ochko yo‘qotdik. Buning sababini bilamiz, nima qilish kerakligini ham bilamiz. Bu haqda gapirish hozirda biroz erta. Kayfiyatimiz yaxshi. Oldimizdagi uchta o‘yinda ham maksimum natija ko‘rsatishga harakat qilamiz", — dedi Babayan.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 20:51, 29.10.2022.
O'qildi: 2883 marta.
Fikrlar: 12 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик