Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/06 06:00 AQSh 4-1 Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya - Marokash
14/06 06:00 Gaiti - Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya - Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao
15/06 01:00 Niderlandiya - Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar - Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya - Tunis
15/06 21:00 Ispaniya - Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya - Misr

Shaxmat. Abdusattorov finalga chiqa olmadi

Shaxmat. Abdusattorov finalga chiqa olmadi

Baho:
+ | -

Islandiyaning Rekyavik shahrida o‘tkazilayotgan «Fischer Random World Championship-2022» musobaqasida shaxmatchimiz Nodirbek Abdusattorov yarim final bahsini o‘tkazdi. Hamyurtimizga AQSH sharafini himoya qiluvchi Xikaru Nakamuraga qarshi dona surdi.

Afsuski Nodirbek o‘z imkoniyatlaridan ancha past o‘yin ko‘rsatib, o‘tkazilgan 3ta partiyaning barchasida yutqazib qo‘ydi. Abdusattorov birinchi o‘yinning boshidayoq farzinidan ayrilib qoldi. Bu holat ruhiy jihatdan yurtdoshimiz salbiy ta’sir qildi va keyinga partiyalarda ham yutqazdi.

O‘zbekistonlik shaxmatchi uchinchi o‘yinda g‘alaba qozonib, to‘qnashuv taqdirini keyingi bahsga qoldirishga juda yaqin turgandi. Ammo xatolar tufayli uchinchi partiyada ham mag‘lub bo‘ldi. Shu bois, to‘rtinchi o‘yinni o‘tkazishga hojat qolmadi.

Magnus Karlsen va Yan Nemomnyashchiy o‘rtasida o‘tkazilgan ikkinchi yarim final bahsida rossiyalik shaxmatchi 3:1 hisobida g‘alaba qozondi.

Bugun esa Abdusattorov 3-o‘rin uchun Magnus Karlsenga qarshi donasi suradi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 08:29, 30.10.2022.
O'qildi: 3694 marta.
Fikrlar: 10 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик