Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/09 00:00 Real Madrid 4-1 Rayo Valyekano
13/09 00:00 Sanderlend 0-2 Arsenal
13/09 17:00 Selta 1-1 Malaga
13/09 18:00 Koventri Siti 0-5 Brayton
13/09 18:00 Lechche 3-2 Monsa
13/09 19:15 Levante 2-4 Barselona
13/09 20:30 Man. Yunayted 0-1 Manchester Siti
13/09 21:00 Napoli 1-0 Bolonya
13/09 21:30 Xetafe 1-1 Deportivo
13/09 23:45 Sassuolo 3-2 Yuventus
14/09 00:00 Real Sosyedad 0-3 Atletiko

Ali Dai hibsga olindi

Ali Dai hibsga olindi

Baho:
+ | -

Eron terma jamoasining sobiq hujumchisi Ali Dai mamlakatdagi namoyishlar chog‘ida hibsga olindi.

Milliy terma jamoalar tarixidagi eng yaxshi ikkinchi to‘purar Eronning sobiq darvozaboni Hamid Lak bilan birga Sekkez shahridagi mehmonxonada bo‘lgan. Ular xavfsizlik xizmati tomonidan kuzatilgan va norozilik namoyishlaridan biri boshlanganda ikkala sobiq futbolchi ham qamoqqa olingan.

Avvalroq Dai «hijobni noto‘g‘ri kiygani» uchun polisiya tomonidan hibsga olingan 22 yoshli Mahsa Aminiyning o‘limidan keyin boshlangan harakatni qo‘llab-quvvatlagandi. Polisiya bo‘limida talaba qiz komaga tushib qolgan va 3 kundan keyin kasalxonada vafot etgan.

Dai Eron safida 109ta to‘p kiritgan va 2021 yilning sentyabriga qadar milliy jamoalar tarixidagi eng yaxshi to‘purar edi. Keyin Portugaliya sardori Krishtianu Ronaldu undan o‘zib ketdi.

Kiritildi: 11:44, 30.10.2022.
O'qildi: 3488 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик