"Vest Xem" darvozasiga urilgan gol hujumchi Markus Reshford uchun yubiley bo‘ldi.
Hujumchi APLning 14-turidan o‘rin olgan uchrashuvda yarim himoyachi Kristian Eriksenning uzatmasidan unumli foydalangan holda hisobni ochdi.
Angliyalik futbolchining hozirda “Manchester Yunayted” safida urgan gollari soni 100 taga yetdi. U bu ko‘rsatkichga erishgan 22-futbolchi va Ueyn Runidan keyin (2009 yilda) birinchi futbolchiga aylandi.
Reshford "Manchester Yunayted" akademiyasi bitiruvchisi va 2015/16 yilgi mavsumdan beri asosiy jamoada o‘ynamoqda.