Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/05 00:00 PSJ 0-1 Borussiya D
09/05 00:00 Real Madrid 2-1 Bavariya
10/05 23:45 Frozinone - Inter
11/05 00:00 Nissa - Gavr
11/05 00:00 Brest - Reyms
11/05 00:00 Alaves - Jirona

0:3, «kambek», besh «qizil», polisiya aralashuvi, 4:4...

0:3, «kambek», besh «qizil», polisiya aralashuvi, 4:4...

Baho:
+ | -
Bo'lim: JAHON FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Yevropaning yetakchi klublari CHL, YEL va KLda navbatdagi hisob-kitobga kirishgan pallada uzoq Boliviyada kamtaringina milliy chempionat futbol olamiga oxirgi kunlarning eng dahshatli syujetini tortiq etdi.

U yerda «Pacheno klasiko» nomini olgan mamlakat miqyosidagi asosiy jang bo‘lib o‘tdi - «Strongest» va «Bolivar» o‘rtasidagi «La-Pas derbisi». O‘yin kutilganidan-da yorqin chiqdi, uzluksiz voqealar bir-biriga ulandi - 0:3dan keyin «kambek», mushtlashuv, polisiya aralashuvi, chiroyli gollar, 90-daqiqadan keyin 5ta «qizil» va yakuniy 4:4 hisobi... Keling, endi  ma’lumotlar asosida boliviyacha futbol xronikasi bilan tanishib chiqamiz.

** Birinchidan, barchasi Lotin Amerikasiga xos an’anaviy tomosha bilan boshlandi - muxlislar tribunalarda bearmon fayer va feyerverklar yoqishdiki, butunlay sariq va qora tusga kirgan «Strongest» tribunalari qalin  tutun ichida qoldi. Tabiiyki, mehmon jamoa - «Bolivar» muxlislari ham bo‘sh kelishgani yo‘q, to‘g‘ri, ular namoyish borasida kamtarroq bo‘ldilar.

** Birinchi bo‘lim oxiriga kelib «Strongest» 2:0 hisobida oldinga chiqib oldi. Mezbonlar avvaliga jarima zarbasi, keyin penaltidan unumli foydalanishdi. Jamoa tanaffusdan chiqishi bilan uchinchi golni ham urdi - Saul Torres chamasi 30 metr masofadan darvoza «to‘qqiz»ligini nishonga oldi.

** «Strongest» 3-golni nishonlashga berilgan pallada «Bolivar» darhol oldinga borib, birinchi javobni berdi - argentinalik 32 yoshli Pato Rodriges hisobni qisqartirdi. Xullas, 60-daqiqada hisob «Strongest» foydasiga 3:1 edi.

** Keyingi muhim voqea 87-daqiqaga to‘g‘ri keldi - «Bolivar» vakili Gabriel Vilyamil jamoasining ikkinchi golini urib, quvnoq va shiddatli yakunni ta’minladi.

** Oradan 3 daqiqa o‘tib, «Bolivar» sardori Sezar Martinsh muvozanatni tikladi - 3:3. Markaziy himoyachi bunda o‘zi ham to‘p bilan birga raqib darvozasiga kirib ketdi. Shu tariqa mehmonlar 3ta gol farqini yo‘qotdilar - chiroyli «kambek».

** E’tiborli tomoni, «Bolivar» shu bilan to‘xtagani yo‘q. 90}8-daqiqa: yana o‘sha Pato Rodriges jamoasining 4-goli muallifiga aylandi. Bu vaqtda «Strongest» muxlislariga qarab bo‘lmasdi. Ayrim ehtirosli fanatlar ko‘zga yosh olgancha stadiondan chiqib ketishga chog‘lanishdi. Mezbon jamoaning ba’zi futbolchilari esa shunchaki, maydonga bemajol yotib olishdi.

** Bu hali hammasi emas! «Bolivar»ning 4-golidan ke­yin futbolchilar o‘rtasida mushtlashuv yuzaga keldi. Natijada vaziyatga polisiya ham aralashdi va barchasi keskinlashib ketishi oldi olindi. Bosh hakam ham jim qarab turmadi - janjalga nisbatan hukm o‘laroq, 4 nafar futbolchiga qizil kartochka ko‘rsatdi. Aniqrog‘i, mezbonlardan ikki, mehmonlardan bir o‘yinchini maydondan chetlatdi va «Bolivar»ning zaxira darvozaboni ham o‘z «nasiba»sini oldi.

** Tabiiyki, hakam janjalga sarflangan vaqtni hisobga olib, o‘yinni davom ettirdi. Yakunda, 90}20 (!!!)-daqiqada «Strongest» penalti evaziga urilgan gol bilan o‘yinni qutqarib qoldi - 4:4.

** Final hushtagi yangrashidan oldin «Bolivar»dan yana bir futbolchi ikkinchi sariq kartochka tufayli maydondan chetlatildi. Gollar bo‘yicha - 4:4, qizil kartochkalar bo‘yicha - 2:3!

Eng qizig‘i, 4:4 hisobi har ikki jamoa zarariga ishladi. Chunonchi, yetakchilarning murosasiz «murosa»sidan foydalangan «Olveys Redi» turnir jadvalida gollar nisbatiga ko‘ra, 1-o‘ringa ko‘tarildi. 2-pog‘onada - «Strongest». Xullas, Boliviya chempionatida qo‘shhokimlik yuzaga keldi - «Olveys Redi» (ma’nosi - «Har doim tayyorman») va «Strongest» (ma’nosi - «Eng kuchli»).

«La-Pas derbisi» 95 yillik tarixga ega. 2014 yili «Strongest» va «Bolivar» o‘rtasidagi qarama-qarshilik dunyo futbolidagi eng prinsipial 25ta derbi ro‘yxatiga kiritilgandi. Qolaversa, bu safar ikki jamoa «olishuv»ga  chempionat yetakchilari sifatida kirishdi va bu ham derbi ahamiyatini yanada oshirib yubordi.

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 10:30, 31.10.2022.
O'qildi: 3940 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.