Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/01 00:45 Milan 1-1 Jenoa
09/01 01:00 Arsenal 0-0 Liverpul
09/01 19:00 Qirg‘iziston 1-2 Vyetnam
09/01 21:30 Iordaniya 3-2 Saudiya Arabistoni
10/01 01:00 Xetafe 1-2 Real Sosyedad
10/01 16:30 BAA 0-3 Yaponiya
10/01 16:30 Livan 2-4 Janubiy Koreya
10/01 18:00 Real Ovyedo - Betis
10/01 19:00 Eron 0-0 O‘zbekiston
10/01 19:00 Udineze - Piza
10/01 19:00 Komo - Bolonya
10/01 20:15 Vilyarreal - Alaves
10/01 21:30 Suriya - Qatar
10/01 22:00 Roma - Sassuolo
10/01 22:30 Jirona - Osasuna
11/01 00:45 Atalanta - Torino
11/01 01:00 Valensiya - Elche
11/01 16:30 Xitoy - Avstraliya
11/01 16:30 Lechche - Parma
11/01 18:00 Rayo Valyekano - Malyorka
11/01 19:00 Tailand - Iroq
11/01 19:00 Fiorentina - Milan
11/01 20:15 Levante - Espanyol
11/01 22:00 Verona - Lasio

Luis Suares 16 yil o‘tib yana Urugvay chempioniga aylandi

Luis Suares 16 yil o‘tib yana Urugvay chempioniga aylandi

Baho:
+ | -
Bo'lim: JAHON FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Mashhur «qopag‘on» Luis Suares yana e’tibor markazida! Yevropa futbolida rosa yayragan goleador hujumchi katta tanaffusdan ke­yin Urugvayga qaytdi va qadrdon klubi bilan yana chempion bo‘ldi.

Luis Suares o‘z mamlakatiga samarali faoliyatiga nuqta qo‘yish uchun borganmidi? Ma’lumot uchun, 35 yoshli faxriy professional futbolga mavsum-2005|2006da qadrdon klubi - «Nasyonal»da qadam tashlagandi. Diqqatga sazovor tomoni, yosh hujumchi debyut mavsumidayoq 27ta o‘yinda qatnashib, 10ta gol urish asnosida «Nasyonal»­ning Urugvay chempionatida g‘olib chiqishiga katta hissa qo‘shgandi. Luis Suares omadli mavsumdan so‘ng Yevropa futboliga yuzlanishni paysalga solmadi. U bunda Niderlandiyaning kamtarin klubi - «Groningen» taklifini qabul qilishdan cho‘chigani yo‘q. Shu tariqa urugvaylik futbolchining «ko‘hna qit’a»dagi sarguzashtlari boshlandi. Bu sarguzasht juda boy va sovrinlarga to‘la. Har holda, «Groningen»da uzoq qolib ketmagan Suares «Ayaks»ga o‘tib, Eredivizion chempioniga aylandi, «Liverpul»dagi davrida esa Angliya Liga kubogini boshi uzra baland ko‘tardi. U shuningdek, «Barselona»da La Liga va CHLda 4ta sovrin yutdi, bunga «Atletiko» bilan yutilgan ispancha «oltin»ni qo‘shib qo‘ydi.

Ehtimol, Urugvay chempionatidagi g‘alaba Suares uchun oxirgisi bo‘lib qolar. «Nasyo­nal» oltin medal masalasini finishga bir tur qolgan pallada hal qildi. Luis Suares esa «Serrito» 2:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratilgan bahsda qadrdon klubi libosida oxirgi o‘yinlaridan birini o‘tkazdi. Eslatma, faxriy hujumchi Urugvayga iyul oyida qaytgandi. Oktyabr oxirida esa uning mavsum yakunida yana erkin agent maqomini olishi ma’lum bo‘ldi. Bu xabarni «Nasyonal» prezidenti Xose Fuentes ham tasdiqladi: «Mavsum tugashi bilan Suares jamoamizdan ketadi».

Urugvaylik faxriy yana yuqoriroq saviyada o‘ynashga kuch topadimi? Nahotki, u o‘zini yana yevrofutbolga ursa? Har holda, xabarlar oqimiga qaraganda, Luis Sua­resni Yevropada kutayotgan klublar yo‘q emas. Lekin bu borada hozircha aniq ma’lumotlar kam. Luis Suares «Barselona» tarixida «oltin» iz qoldirgan futbolchilardan biri, albatta. Ayniqsa, Messi va Neymar bilan hamkorligi samarali chiqqandi. Umuman, Suares - Messi - Neymar triosi davrida rasmiylashtirilgan yorqin g‘alabalar Kataloniya klubi muxlislari xotiralariga abadiy muhrlangan. Ular jumladan, urugvaylikning xizmatini aslo unutishmagan, garchi jamoaning o‘zi oxirida unga nisbatan adolatsizlik qilgandek tuyulgan bo‘lsada.

Fakt. Luis Suares Urugvayga qaytganidan so‘ng milliy chempionatda «Nasyonal» libosida 9 marta maydonga tushdi va 4ta golga mualliflik qildi.

Ravshan IBROHIM tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 11:00, 31.10.2022.
O'qildi: 2227 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.