Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/01 00:45 Inter 1-0 Lechche
15/01 22:30 Verona 2-3 Bolonya
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya - Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam - BAA
17/01 00:45 Piza - Atalanta
17/01 01:00 Espanyol - Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal

O‘zPFL Buxoro ahliga minnatdorchilik bildirdi

O‘zPFL Buxoro ahliga minnatdorchilik bildirdi

Baho:
+ | -

Shu yilning 11 aprel kuni Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripov hamda O‘zPFL rahbari Diyor Imomxo‘jayev uchrashib, Buxoro shahri stadioni, u bilan bog‘liq masalalar, «Buxoro» futbol klubida yuzaga kelgan katta qarzdorlik va buning sabablari, oqibatlari yuzasidan suhbatlashgandi. Suhbat davomida Buxoroning O‘zbekiston Coca-Cola kubogi final uchrashuviga mezbonlik qilishi va unga tayyorgarlik masalasida ham gap bordi.

Shundan keyin 29 aprel kuni 878 kunlik tanaffusdan so‘ng Buxorodagi markaziy stadion yana muxlislarni qabul qildi. «UzReport» orqali jonli namoyish qilingan bellashuvdan so‘ng maydon chimiga jamoatchilik tomonidan ijobiy baho berildi. 30 oktyabr kuni o‘tkazilgan kubokning hal qiluvchi o‘yinida ham maydon chimi ideal holatda edi.  

11 aprel kuni O‘zPFL vakillari Buxoro neftni qayta ishlash zavodi rahbari Akbar Fozilov bilan ham uchrashuv o‘tkazgandi. Iyul oyiga qadar «Buxoro» o‘sha vaqtgacha ma’lum bo‘lgan qarzlarni yopishga erishdi. Bir nafardan tojikistonlik va turkmanistonlik futbolchi, ikki nafar tojikistonlik mutaxassis, o‘nga yaqin mahalliy futbolchi bilan hisob-kitob qilinishi natijasida FIFA klubga qo‘yilgan transfer taqiqini olib tashladi.

O‘zbekiston Professional futbol ligasi to‘liq oktyabr oyi davomida Buxoro shahridagi stadionni final uchrashuviga tayyorlash ustida ishladi. Jamoalar va hakamlar kiyim almashtirish xonalaridagi sharoitlar, texnik zonalar, zaxira o‘rindiqlari, reklama shitlari, sektorlar ko‘rsatkichlari, matbuot anjumani zali, tablo, media tribuna, projektor yaxshilandi. Endilikda Buxorodagi stadion Superliga uchrashuvlarini qabul qilishga to‘la tayyor.

Katta hajmdagi ishni bajarish davomida Buxoro viloyati rahbariyati yaqindan yordam berdi. Biz hamkorlikda kubok finalini yuqori saviyada o‘tkazishga erisha oldik. Buning uchun Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripovga alohida minnatdorchilik bildiramiz. Shuningdek, tig‘iz grafikka qaramay, biz bilan yonma-yon turgan Buxoro shahar hokimi Jamol Nosirov, viloyat hokimi o‘rinbosari Mirali Hamroyev, stadion rahbari Alibek Sodiqov xizmatlarini alohida ta’kidlash kerak. Buxoro viloyat futbol assosiasiyasi vise-prezidenti Farrux Hamroyev va uning ahil jamoasi esa bir oy davomida O‘zPFL oilasi sifatida mehnat qildi.

O‘zPFL oilasining Buxorogi safari ko‘ngildagidek yakun topganidan juda mamnunmiz. Buning uchun ahil va bag‘rikeng har bir buxorolik vatandoshimizga rahmat aytamiz.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 12:04, 01.11.2022.
O'qildi: 1900 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.