Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/05 15:00 Komo 1-0 Parma
17/05 15:00 Jenoa 1-2 Milan
17/05 15:00 Yuventus 0-2 Fiorentina
17/05 15:00 Piza 0-3 Napoli
17/05 15:00 Roma 2-0 Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted 3-2 Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter 1-1 Verona
17/05 19:00 Everton 1-3 Sanderlend
17/05 19:00 Brentford 2-2 Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids 1-0 Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton 1-1 Fulhem
17/05 21:00 Atalanta 0-1 Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl 3-1 Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano 2-0 Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko 1-0 Jirona
17/05 22:00 Osasuna 1-2 Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao 1-1 Selta
17/05 22:00 Elche 1-0 Xetafe
17/05 22:00 Levante 2-0 Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad 3-4 Valensiya
17/05 22:00 Sevilya 0-1 Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo 0-1 Alaves
17/05 23:45 Kalyari 2-1 Torino
17/05 23:45 Sassuolo 2-3 Lechche
17/05 23:45 Udineze 0-1 Cremonese
18/05 00:15 Barselona 3-1 Betis
19/05 00:00 Arsenal - Byornli
19/05 23:30 Bornmut - Manchester Siti

Superliga. So‘nggi tur sanasi o‘zgardi

Superliga. So‘nggi tur sanasi o‘zgardi

Baho:
+ | -

Superliganing 2022 yilgi mavsumi yakuniga yana 3 ta tur qoldi. Ayni vaqtga kelib sovrinli o‘rinlar masalasi, Pro ligaga yo‘l oluvchi ikkinchi jamoa nomi hamda pley-off uchrashuvi ishtirokchisi aniq bo‘lib ulgurmagan. Har tur va har bir bellashuv qiziqarli, kurashlarga boy o‘tayotgani milliy chempionat uchrashuvlariga fayz kiritmoqda, deya olamiz.

O‘zbekiston Professional futbol ligasi Qatar mezbonligidagi jahon chempionatini inobatga olib, -cola Superliga so‘nggi turini bahordayoq 19 noyabrga rejalashtirgandi. Biroq O‘zbekiston milliy terma jamoasining 16 noyabr kuni Qozog‘istonga qarshi bellashuvda maydonga tushishi masalasi kuz oyida ma’lum bo‘ldi. Natijada biz 26-turni 11 noyabrga qadar surish rejasini ishlab chiqdik. Boisi, milliy terma ustozi Srechko Katanes terma bilan yig‘inni 12 noyabrda boshlashni rejalashtirgan.

Ma’lum bo‘lishicha, 11 noyabr kuni Samarqand shahri Turkiy davlatlar tashkiloti sammitiga mezbonlik qiladi. Samarqand ketma-ket ikkinchi bor yirik tadbirni qabul qilayotganidan kelib chiqib, MTRK texnikalari 11 noyabr kuni mazkur shaharga jalb etiladi.

Shu kuni Samarqand shahrida «Dinamo» hamda «Qo‘qon-1912» jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv bor. Qolaversa, so‘nggi tur bellashuvlari Reglament asosida bir vaqtda start olishi ta’minlanishi kerak. Tabiiyki, mazkur jarayonda hal qiluvchi 7 ta bellashuvni o‘tkazish translyasiya masalasida muammolar keltirib chiqaradi. Televideniye biror ob’ektga o‘z texnikalarini o‘rnatib, uni qayta demontaj qilishi jarayoni ham bir necha soatlarga cho‘ziladi. Shunga qaramay, MTRK bilan hamkorlikda barchasini tezlashtirish chora-tadbirlari ko‘rilmoqda. Bu esa Superliga so‘nggi tur uchrashuvlari bir kunga kechiktirilishini talab etadi.

So‘nggi tur bellashuvlari muxlislarga yaxshi futbol uchrashuvlarini taqdim etishiga shubha yo‘q. Bu jarayonda shaffoflikni ta’minlash uchun O‘zPFL bellashuvlarning jonli efirga olib chiqilishidan manfaatdor. Mazkur jihatlar inobatga olinib, 26-tur 12 noyabr kuni bo‘lib o‘tadi. Futbol muxlislari hamda Superliga ishtirokchilaridan mazkur vaziyatni to‘g‘ri tushunishlari so‘raladi.

O‘z navbatida MTRKga vaziyatdan chiqish uchun biz kabi rejalarini o‘zgartirayotgani hamda barcha uchrashuvlarni jonli efirga olib chiqishdagi harakati uchun minnatdorchilik bildiramiz.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 14:30, 02.11.2022.
O'qildi: 2935 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик