Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/04 23:45 Roma 3-0 Piza
11/04 00:00 Vest Xem 4-0 Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid 1-1 Jirona
11/04 16:30 Arsenal - Bornmut
11/04 17:00 Real Sosyedad - Alaves
11/04 18:00 Kalyari - Cremonese
11/04 18:00 Torino - Verona
11/04 19:00 Brentford - Everton
11/04 19:00 Byornli - Brayton
11/04 19:15 Elche - Valensiya
11/04 21:00 Milan - Udineze
11/04 21:30 Liverpul - Fulhem
11/04 21:30 Barselona - Espanyol
11/04 23:45 Atalanta - Yuventus
12/04 00:00 Sevilya - Atletiko
12/04 15:30 Jenoa - Sassuolo
12/04 17:00 Osasuna - Betis
12/04 18:00 Parma - Napoli
12/04 18:00 Kristal Pelas - Nyukasl
12/04 18:00 Nottingem Forest - Aston Villa
12/04 18:00 Sanderlend - Tottenhem
12/04 19:15 Malyorka - Rayo Valyekano
12/04 20:30 Chelsi - Manchester Siti
12/04 21:00 Bolonya - Lechche
12/04 21:30 Selta - Real Ovyedo
12/04 23:45 Komo - Inter
13/04 00:00 Atletik Bilbao - Vilyarreal

Bu borada Ronaldu APLda eng yomon ko‘rsatkichga ega. Eng yaxshisini Xoland desangiz, adashasiz!

Bu borada Ronaldu APLda eng yomon ko‘rsatkichga ega. Eng yaxshisini Xoland desangiz, adashasiz!

Baho:
+ | -

APLning yangi mavsumida kim qanday natijaga erishayotganidan hammaning xabari bor. Hozirga qadar qayd etilgan natijalar asosida zarba va gol tizimidagi eng yaxshi hujumchilar nomi ma’lum qilindi. Ro‘yxatni o‘qish sizni lol qoldirishi mumkin. Bunga sabablardan biri "MYU" futbolchisi Krishtianu Ronalduning qayd etayotgan natijasidir. Portugaliyalik yulduzning vaziyatlarni yakunlash darajasi ancha tushib ketgan. Hozirda u darvoza tomon bergan zarbalaridan bor-yo‘g‘i 5 foizini golga aylantirgan. O‘tgan mavsumda bu ko‘rsatkich 16 foizni tashkil etardi.

Ronalduning hozirgi gol urish darajasini boshqa APL hujumchilariniki bilan taqqoslaganimizda, ayanchli holatga duch kelasiz. Bu borada Krishtianu 53 o‘rinni band etib turibdi. U yangi mavsumda 22 ta zarbadan faqat 1 ta gol urishga erishdi xolos.
Futbol muxlislariga nisbatan ancha notanish bo‘lgan APL hujumchilari bu borada Ronaldudan anchagina yaxshi ko‘rsatkichlarga ega. Ular ichida "Sautgempton" forvardi Adam Armstrong, "Everton" vingeri Aleks Ivobi, "Aston Villa" talanti Leon Beylilar mavjud.
Ro‘yxatni tuzishda darvoza tomon beshta va undan ko‘p zarba bera olgan futbolchilar nomlari keltirildi.

Mana shunday bir paytda, hamma o‘ylashi mumkinki, ushbu poygada yetakchi sifatida Erling Xoland qayd etiladi. 22 yoshli norvegiyalik hujumchi 36 foizlik zarba va gol ko‘rsatkichiga ega bo‘lib, 47 ta zarbaning 17 tasini golga aylantira olgan. Shunga qaramay, u birinchi o‘rinda emas. Zarba va gol ko‘rsatkichi bo‘yicha hisoblanganida, APLning bir hujumchisi sobiq "BVB" vakilidan oldinda e’tirof etiladi. U "Bornmut" futbolchisi Kiffer Murdir. Uelslik hujumchi hozirga qadar darvoza tomon atigi 8 ta zarba bergan xolos. Ammo ularning 3 tasini golga aylantirishga erishdi. Bu esa Murga 38 foizlik natijani berdi va APLda yetakchiga aylantirdi. Mana shunday qilib, Mur Xolandni kichik farq bilan ortda qoldirmoqda.

Bu borada kuchli o‘ntalikdagi vaziyat quyidagicha. "MYU" vingeri Jeydon Sancho 7 ta zarba va 2 ta gol bilan uchinchi o‘rinni egallab turibdi. Uning ortida "Manchester Siti"ning yana bir hujumchisi Xulian Alvares hamda "Nyukasl" forvardi Aleksander Isak qayd etilgan. O‘ntalikning qolgan pog‘onalarini Patson Daka ("Lester"), Ivan Touni ("Brentford"), Kallum Uilson ("Nyukasl"), Tayvo Avoni ("Nottingem") hamda Roberto Firmino ("Liverpul") egallab turibdi.
"Tottenxem" yulduzi Xarri Keyn 49 zarbadan 10 gol urgan va ro‘yxatning 12 o‘rinidan joy olgan.

 

 

 

ISMATOV J.

Manba: thesun.co.uk
Kiritildi: 09:42, 03.11.2022.
O'qildi: 6434 marta.
Fikrlar: 11 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик