Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/03 00:45 Milan 1-0 Inter
09/03 01:00 Valensiya 3-2 Alaves
10/03 00:45 Lasio - Sassuolo
10/03 01:00 Espanyol - Real Ovyedo
10/03 19:00 Neftchi - Andijon
10/03 19:45 Mash’al - Qizilqum
10/03 20:00 Paxtakor - Navbahor
11/03 16:30 Surxon - Bunyodkor
11/03 19:30 Lokomotiv - Qo‘qon-1912
11/03 19:45 Buxoro - Xorazm

Doston Hamdamov: "Birinchi gol jamoaning bugungi uchrashuvdagi vazifasini ancha osonlashtirdi"

Doston Hamdamov: "Birinchi gol jamoaning bugungi uchrashuvdagi vazifasini ancha osonlashtirdi"

Baho:
+ | -

“So‘g‘diyona” bilan uchrashuv qahramoni Doston Hamdamov "Paxtakor" matbuot xizmatiga o‘yin haqida qisqacha intervyu berdi.

- Doston, noqulay havoda o‘tgan o‘yin jamoaga qanchalik qiyinchilik tug‘dirdi?

- Bugungi o‘yin ochkolar bo‘yicha juda muhim o‘yin edi. O‘tgan turda raqiblarimiz qoqilishidan foydalana oldik va bugun uch ochkoni ko‘lga kiritdik. Bahsga yaxshi tayyorgarlik ko‘rdik. Qilgan xarakatlarimizga yarasha bugun g‘alabaga erishdik deb o‘ylayman.

- Jamoa birinchi daqiqalardan hujumkor o‘yin ko‘rsatdi. Bellashuv boshidayoq uzoq masofadan darvozaga to‘pni "mixlab" qo‘ydingiz. Golingiz o‘yinga qanchalik ta’sir qildi?

- Chiroyli gol urganimdan xursandman, men urgan gol jamoaga g‘alaba qozonishda yordam bergani yanada xursand qiladi. Birinchi gol jamoaning bugungi uchrashuvdagi vazifasini ancha osonlashtirdi. Raqibni hujum qilishga majbur qilib qo‘ydik, keyin esa bizda qarshi hujumlar uchun ochiq hududlar paydo bo‘la boshladi. Bu esa hujumlarimizning xavfliroq bo‘lishiga yordam berdi.

- So‘nggi uchta o‘yinda maksimal natijaga erishib, chempionlik sari kurashni davom ettirmoqda. Oxirgi bahslardan oldin jamoada kayfiyat qanday?

- Jamoada kayfiyat a’lo darajada, mashg‘ulotlarda ancha o‘smoqda va mehnat qilmoqda. Qolgan o‘yinlarda faqatgina g‘alaba qozonish haqida o‘ylayapmiz va biz buni uddalashimizga ishonaman. Mavsum biz uchun qiyin kechmoqda. Keyingi yil ancha kuchliroq jamoani ko‘rasiz.

Manba: Пахтакор матбуот хизмати
Kiritildi: 14:39, 03.11.2022.
O'qildi: 970 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.