Bugun Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida «Katta Dubulg‘a» turkumiga kiruvchi navbatdagi musobaqa boshlandi. Ilk kungi bellashuvlarda O‘zbekiston terma jamoasining 8 dzyudochisi medallar hamda Parij-2024 yo‘lidagi muhim reyting ochkolari uchun tatamiga chiqadi.
Bugun tatamiga chiquvchi dzyudochilarimiz:
-60 kg: Dilshod Baratov – Baurjan Narbayev (Qozog‘iston)
-60 kg: Kemran Nurillayev – Muhammad Mahmadizoda (Tojikiston) / Bekirbek Morgoyev (Ukraina)
-66 kg: Azizbek Ortiqov – Muhammed Demirel (Turkiya)
-66 kg: Muhriddin Tilovov – Alberto Martin (Ispaniya)
-52 kg: Diyora Keldiyorova – Binta Ndiaye (Shveysariya) / Gultaj Mammadaliyeva (Ozarbayjon)
-52 kg: Sita Qadamboyeva – Kelli Deguchi (Kanada)
-57 kg: Shukurjon Aminova – Arleta Podolak (Polsha)
-57 kg: Nilufar Ermaganbetova – Kitti Kovash (Vengriya)