Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/10 15:35 Yaponiya - Avstraliya
15/10 16:00 Janubiy Koreya - Iroq
15/10 17:00 Xitoy - Indoneziya
15/10 19:00 O‘zbekiston - BAA
15/10 19:00 Qirg‘iziston - KXDR
15/10 21:00 Eron - Qatar
15/10 21:00 Iordaniya - Ummon
15/10 21:00 Falastin - Kuvayt
15/10 23:00 Saudiya Arabistoni - Bahrayn
16/10 01:30 Kolumbiya - Chili
16/10 04:00 Paragvay - Venesuela
16/10 04:30 Urugvay - Ekvador
16/10 05:00 Argentina - Boliviya
16/10 05:45 Braziliya - Peru

"Barselona" afsonasi - Jerar Pike (davomi)

"Barselona" afsonasi - Jerar Pike (davomi)

Baho:
+ | -

 Bugun barcha Blaugranac muxlislari uchun qayg‘uli kun. Shunday kunlar bor. Ular og‘ir, qayg‘uli va har doim siz futbol bilan xayrlashayotgan sportchining faoliyati haqidagi yorqin onlarni eslashni boshlaysiz. Shunday ekan, keling, boshiga qaytaylik va Jerar Pikening xayot yo‘lini yana bir bor eslaylik.

Biznes

Jerar Pike futboldan tashqari biznes bilan ham shug‘ullanadi. Biznes tushunchasining o‘zi Jerarni anchadan beri qiziqtirib kelgan va 2017 yilda u AQSHdagi Garvard biznes maktabida intensiv kursda o‘qigan, bu unga 10 000 dollarga tushgan. Shuningdek, ESADE Iqtisodiyot maktabi o‘qituvchilaridan individual saboqlar olgan.

Jerar Pike yarim tayyor mahsulotlar kompaniyasida, shuningdek, Kypers ko‘zoynak ishlab chiqaruvchi kompaniyada ham ulushga ega.

Pike, shuningdek, o‘yin maydonidagi hamkasbi Karles Puyol bilan birga, sportchilar uchun energetik ichimliklar ishlab chiqaradigan kompaniyaga sarmoya kiritdi.

Jerar Pike nafaqat futbol o‘ynashni, balki kompyuter va mobil o‘yinlarni ham yaxshi ko‘radi va u Kerad Games kompaniyasini tashkil qilgan. Pikening ba’zi o‘yinlarida Coca-Cola va Nike ko‘rinishidagi homiylar ham bor.

2017 yilda Jerar mualliflik shousini boshladi, u yerda boshlovchi rolida edi. Uning shousiga Neymar, Luis Suares, Leo Messi, Maskeranolar kelishgan.

Pike reklama, kliplarga ham tushadi.

Jerar Pike Kosmos Holding sport va media investisiya guruhi asoschisi va prezidenti. 2018 yil dekabr oyida Jerar Andorra futbol klubini sotib olganini e’lon qilgan edi. 2019 yil iyul oyida u boshqa ispan futbol klubi "Gimnastik Manresa" aksiyalarining aksariyat qismini sotib olgan. 2020 yil dekabr oyida Pike Corare nomli futbol o‘yinini tashkil etishga investor bo‘ldi.

Shahsiy hayot.

Shaxsiy xayoti sabab ham Pike ancha mashxurlik topgan. U Lotin Amerikasi qo‘shiqchisi, bastakor, musiqiy prodyuser, qo‘shiq yozuvchisi, ko‘plab mukofotlar sovrindori Shakira bilan ancha vaqt birga yashagan.

Jerar Pike va Shakira 2010 yilgi Jahon chempionatida tanishib, yulduz juftlikka aylanishdi. 

2013 yilda juftlik Milan ismli o‘g‘il farzandli bo‘lgan.

2015 yilda yana bir o‘g‘il Sasha tug‘ildi.

Kutilmagan xabar shu yilning may oyida keldi, o‘shanda OAV futbolchining xiyonati tufayli munosabatlarning uzilishi haqida yoza boshlagan. Keyinchalik juftlik ajralishdi.

Yakun 

2022 yil 3 noyabr kuni Jerar Pike faoliyatini yakunlashini e’lon qildi. Bu hodisa o‘z-o‘zidan sodir bo‘lmagan.

Ochig‘i, Pikening «Barselona»dagi so‘nggi ikki yili yomon o‘tdi. U tezda frmasini yo‘qota boshladi. Ko‘pchilik futbolchini tanqid qilishdi va bunga sabab bor. Bu mavsumda Pike o‘z formasini, o‘ziga bo‘lgan ishonchni qozonishni xohladi, ammo bu amalga oshmadi. Buning uchun juda ko‘p holatlar mavjud. Uning shaxsiy hayotidagi muammolar, futbol maydonidan tashqaridagi hayot, bularning barchasi Jerarning funksionalligiga va natijada zaxira o‘rindig‘iga ta’sir qildi. Pike bir paytlar asosiy himoyachi bo‘lgan, Karles Puyol uchun terma jamoada ham, «Barselona»da ham ishonchli sherik bo‘lgan, keyin Serxio Ramos bilan ishonchli duet hosil qilgan, ammo yoshi, muammolari uning o‘yiniga ta’sir qildi. 

So‘nggi yillardagi barcha tanqidlarga qaramay, Jerar Pikening yomon o‘yini «Barsa» tarixining bir qismi, madaniyatning bir qismi, davrning bir qismidir. Biz afsonani hurmat qilishimiz kerak.

Biz Jerard Pikeni futbol maydonida, qaysidir o‘yin epizodi, yomon o‘yini uchun tanqid qilishimiz mumkin, ammo uning faoliyati va xizmatlarini tanqid qila olmaymiz. U bor kuchini klubga berdi va qiyin paytlarda klub va jamoaga yordam berishga harakat qildi.

Masalan, koronavirus pandemiyasi davrida. Jerar Pike «Barsa» futbolchilari bilan birga bu vaqt mobaynida maoshni 70 foizga qisqartirishga, shuningdek, klub xodimlarining maoshlariga xayriya qilishga rozi bo‘ldi. U titul homiysini qidirishda ham bevosita ishtirok etgan. O‘sha paytdagi maoshlar tufayli "Barselona" Pikedan 50 million yevrodan ko‘proq miqdorda qarz bo‘lib qolgan. Ammo Jerar klubga sadoqatini yana bir bor isbotladi va o‘sha qarzlarning barchasidan voz kechdi. 

Jerar Pike Rubiales boshchiligidagi Ispaniya futbol federasiyasiga Saudiya Arabistonida Ispaniya Superkubogini tashkillashtirishda ham yordam bergan.

Endi esa u klub bilan shartnomasining qolgan qismini butunlay rad etdi.

Xayrlashuv videosida Jerar Pike prezident sifatida, yana Kamp Nouga qaytishini aytdi.

Umid qilamanki, u klubga prezident sifatida qaytadi. Axir, bu Jerarning azaliy orzusi.

Jerar Pikening so‘nggi o‘yini 5 noyabr kuni "Kamp Nou"da Ispaniya chempionatining navbatdagi turida «Almeriya»ga qarshi o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Se Queda... har bir muxlisning qalbida qolasan Pike.

Mirjalol Pardaboyev internet materiallari asosida tayyorladi.

 

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 18:17, 04.11.2022.
O'qildi: 2050 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.