"Bavariya" bosh murabbiyi Yulian Nagelsmann jamoa hujumchisi Erik Chupo-Motingni maqtadi.
“Men Chuponing o‘yinidan juda mamnunman. Men u jamoada o‘zini qulay his qilayotganini sezyapman. U ayni damda bizning eng yaxshi futbolchilarimizdan biri”, - deydi Nagelsmann.
33 yoshli Chupo-Motingning yangi shartnomasi yaqin oylarda muhokama qilinishi haqida avvalroq xabar berilgandi. Hozirgisi 2023 yilning yozida tugaydi.
Chupo-Moting joriy mavsumda “Bavariya” safida barcha turnirlar doirasida 13 ta o‘yinda maydonga tushib, 8 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. U nemis klubiga 2020 yilning oktyabr oyida "PSJ"dan tekinga o‘tgandi.