Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/06 06:00 AQSh 4-1 Paragvay
13/06 23:59 Qatar 1-1 Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya 1-1 Marokash
14/06 06:00 Gaiti 0-1 Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya 2-0 Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao
15/06 01:00 Niderlandiya - Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar - Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya - Tunis
15/06 21:00 Ispaniya - Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya - Misr

"Roma" xo‘jayini Mourinyo bilan yangi shartnoma imzolashni istaydi

"Roma" xo‘jayini Mourinyo bilan yangi shartnoma imzolashni istaydi

Baho:
+ | -

"Roma" xo‘jayini Den Fridkin bosh murabbiy Joze Mourinyo bilan shartnomani uzaytirmoqchi.

La Gazette Dello Sport nashrining xabar berishicha, Fridkin 2025 yilgacha bo‘lgan yangi shartnoma bo‘yicha taklif tayyorlamoqda. Qayd etilishicha, Mourinyo jamoani kuchaytirish uchun kafolatlarga ega bo‘lishni istaydi, "Roma" xo‘jayini esa yozda tarkibni kuchaytirishga sarmoya kiritishga tayyor.

59 yoshli portugaliyalik mutaxassisning “Roma” bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilgacha amal qiladi.

Avvalroq “Roma” Yevropa ligasining pley-off bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritib, “C” guruhida ikkinchi o‘rinni egallagan edi. Pley-offga qur’a tashlash marosimi 7 noyabr kuni Nyondagi Yevropa futbol uyida bo‘lib o‘tadi.

"Roma" Italiya chempionatida 12 o‘yindan keyin 25 ochko bilan to‘rtinchi o‘rinda bormoqda.

Kiritildi: 06:25, 05.11.2022.
O'qildi: 1698 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик