Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/12 01:00 Real Ovyedo 0-0 Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa 2-1 Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal 2-0 Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo 3-1 Fiorentina
06/12 20:00 Everton 3-0 Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti 3-0 Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl 2-1 Byornli
06/12 20:00 Tottenhem 2-0 Brentford
06/12 20:00 Bornmut 0-0 Chelsi
06/12 20:15 Alaves 1-0 Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter 4-0 Komo
06/12 22:30 Lids 3-3 Liverpul
06/12 22:30 Betis 3-5 Barselona
07/12 00:45 Verona 3-1 Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao 1-0 Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano
08/12 00:45 Napoli - Yuventus
08/12 01:00 Real Madrid - Selta
08/12 19:00 Piza - Parma
08/12 22:00 Udineze - Jenoa

Mundial yaqin. Kuchli o‘n besh jamoa bilan tanishamiz

Mundial yaqin. Kuchli o‘n besh jamoa bilan tanishamiz

Baho:
+ | -

 Ko‘plab muxlislar sabrsizlik bilan kutayotgan Jahon chempionati start olishiga 15 kun vaqt qoldi. Shu sababli biz sizlarga mundialning 15 favoridini tanishtiramiz. Bugun biz tilga oladigan jamoalar chempionlik uchun da’vogarlik qila olmasligi mumkin, ammo ular 32 jamoa orasidagi o‘yin sifati bo‘yicha har qanday jamoaga bosh og‘rig‘i bo‘lishi mumkin. Demak biz, favoritlar qatorida 15 o‘ringa loyiq ko‘rilgan 3 jamoa haqida ma’lumot berishni boshlaymiz. 

15. AQSH 

Greg Beralter boshchiligidagi Amerika termasi ushbu mundialda guruh bosqichida yazshi o‘yinlar ko‘rsatib, pley-offga yo‘llanma olishi kutilmoqda. Beralter qo‘l ostida u qadar yorqin yulduzlar yoki Donavan va Dempsi singari sof yetakchilar yo‘q. Jamoa asosan kelajagi porloq bo‘lishi kutilgan va kutilayotgan tarkib bilan mundialga yo‘l olishi oydinlashmoqda. Jamoaning asosiy yutug‘i ular guruh bosqichida nisbatan yengilroq 2 raqibga duch kelgani va taqvim ham bir-muncha qulayligida desak bo‘ladi. Guruh yetakchisi bo‘lishi kutilayotgan inglizlar bilan "yulduzlar" 2 turda to‘qnash kelishadi. ilk bahs Uels termasiga qarshi bo‘ladi. Aynan o‘sha ilk o‘yinda qo‘lga kiritiladigan ochko, AQSHning mundialdagi yo‘lini belgilab beradi. Jamoa tarkibi jihatidan Amerika 2 raqibi Uels va Eronga qaraganda kuchliroq. 

Jamoa yulduzlari: Serjinyo Dest("Milan"), Uiston Makkenni("Yuventus"), Pulishich("Chelsi"), Jio Reyna ("Borussiya D") va Brenden Aaronson ("Lids") 

15. Meksika 

Yana bir Shimoliy Amerika qit’asi vakili doim mundialda kutilmagan natijalari bilan muxlislarni hayratga solib kelaveradi. Ular yetakchilarni guruhda qoldirib yuborish bo‘yicha ko‘plab jmoalarga master-klass o‘tab berishsa bo‘ladi. Unchalik kuchli bo‘lmagan tarkib mundiallarga boshqacha tayyorlanadi. Xerardo Martino boshchiligidagi jamoa Polsha Argentina va Saudiya Arabistoni bilan bir guruhdan joy olgan. Bu o‘ringa Polsha yoki Meksika tanlovini qilish kerak payti ko‘p o‘ylab o‘tirmay Meksikani tanladim. Bunga esa asosiy sabab jamoadagi aksariyat futbolchilar Levandovski boshchiligidagi jamoa futbolchilaridan saviyaliroq. Polshada esa faqat Levandovski, Metti Kesh, Zelinski va Shchesni top futbolchi.  Shuningdek, o‘sha aytayotgan futbolchilarim mundiallardagi tajriba borasida meksikaliklardan ortroqda. Meksika ananasi davomm etsa, biz mundialning guruh bosqichida Messi yoki Levadan biri bilan xayrlashamiz. Yoki mundiallarning eng yaxshi darvozaboni Ochoa Osiyoni ertaroq tark etadi. 

Jamoa yulduzlari: Ochoa ("Amerika"), Edson Alvares ("Ayaks") Andres Guardado ("Betis") Ektor Errera ("Hyuston") Raul Himenes ("Vulvz") va Irving Losano ("Napoli") 

15. Serbiya 

Bu jamoani yetakchilar qatorida ko‘rish sal g‘alati tuyilishi mumkin. Ammo ular bunga arziydi. Guruhda Shveysariya va Serbiya to‘qnashuvi yonishi aniq. Ular bir-biri bilan futbol o‘ynmasligi aniq. Bu o‘yin shunchaki jangga, stadion esa jang maydoniga aylanib ketadi. Shveysariya tajriba borasida Serbiyadan ustun va ular haqida sal keyinroq to‘xtalib o‘tamiz. Mundial saralashi bosqichida Serbiya Portugaliya bilan bir guruhga tushgani va guruh bosqichini peshqadam sifatida yakunlagani hammaning esida bo‘lsa kerak. Yakunda portugallar o‘tish o‘yinlari tufayli mundialga chiptani qo‘lga kiritgan edi. Bu safar serblar Braziliya va Shveysariya bilan bir guruhda g‘oliblik uchun kurashadi. Kamerun esa faqatgina ochko ulashadigan jamoa bo‘lib qolishi mumkin. 

Jamoa yulduzdari: Dushan Tadich ("Ayaks"), Filipp Kostich ("Yuventus"), Aleksandar Mitrovich ("Fulxem"), Luka Yovich ("Fiorentina") va Dushan Vlaxovich ("Yuventus")   

Davomi bor. 

Mirjalol Pardaboyev tayyorladi. 

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 11:58, 05.11.2022.
O'qildi: 4517 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.