Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/12 00:45 Torino 2-3 Milan
09/12 01:00 Vulverhempton 1-4 Man. Yunayted
09/12 01:00 Osasuna 2-0 Levante
09/12 15:00 Matida Zelviya 3-1 Ulsan Xyonde
09/12 15:00 Vissel Kobe 2-2 Chengdu Rongcheng
09/12 17:15 Buriram Yunayted 2-2 Kangvon
09/12 17:15 Johor Dorul Ta'zim 0-0 Shangxay Port
09/12 20:30 Qayrat 0-1 Olimpiakos
09/12 22:45 Bavariya 3-1 Sporting
10/12 01:00 Monako 1-0 Galatasaroy
10/12 01:00 Atalanta 2-1 Chelsi
10/12 01:00 Barselona 2-1 Ayntraxt F
10/12 01:00 Inter 0-1 Liverpul
10/12 01:00 PSV 2-3 Atletiko
10/12 01:00 Tottenhem 3-0 Slaviya
10/12 01:00 Yunion 2-3 Marsel
10/12 15:00 Seul - Melburn Siti
10/12 15:00 Sanfrechche Xirosima - Shanghai Shenhua

Boks. Ruhiy ustunlik - yarim g‘alaba. Osiyo chempionati vaqtida terma jamoamiz safida psixolog ham faoliyat olib bormoqda

Boks. Ruhiy ustunlik - yarim g‘alaba. Osiyo chempionati vaqtida terma jamoamiz safida psixolog ham faoliyat olib bormoqda

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT / Sport turlari / Boks
Rukn: Yangiliklar

Yaxshi bilasiz, bugungi kunda sportda nafaqat jismoniy, balki ruhiy tayyorgarlik ham katta ahamiyatga ega.

Shu maqsadda O‘zbekiston boks federasiyasi shu kunlarda Ammanda o‘tkazilayotgan Osiyo chempionati vaqtida terma jamoamiz vakillari uchun maxsus psixolog jalb etdi.

Tajribali psixolog, katta tajribaga ega Mufiza Xo‘ja Nurilla janglardan oldin va keyin terma jamoamiz bilan ushbu yo‘nalishda ish olib bormoqda. Qayd etish lozimki, bunday yirik musobaqalar vaqtida ruhiy tayyorgarlik katta ahamiyat kasb etadi. Shuni inobatga olgan holda, federasiyamiz mazkur yo‘nalishda ham ishlarni yo‘lga qo‘ygan. Psixolog sportchilar bilan guruh hamda individual tarzda reja asosida suhbatlar tashkil etmoqda. O‘z navbatida sportchilar o‘zlarini qiziqtirgan savol bilan mutaxassisga murojaat qilish imkoniga ega bo‘lishmoqda.  

Yodingizda bo‘lsa, shu yil may oyida o‘tkazilgan ayollar o‘rtasidagi jahon chempionati vaqtida ham terma jamoamiz qizlari bilan maxsus psixolog ish olib borgandi. Federasiya ushbu an’anani davom ettirgan holda, Osiyo chempionati vaqtida ham psixolog yordamidan foydalanishga qaror qilgan.

Ma’lumot uchun, Mufiza Xo‘ja Nurilla Botirovna O‘zbekiston taekvondo WT assosiasiyasida ham samarali faoliyat olib bormoqda. Taekvondochilarimizning muvaffaqiyatida, hususan Tokio Olimpiadasida Ulug‘bek Rashitov tomonidan qo‘lga kiritilgan oltin medalda ham mutaxassisning xizmatlari ulkan.

Manba: https://t.me/boxinguzbekistan
Kiritildi: 20:51, 07.11.2022.
O'qildi: 1262 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.