Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 18:00 Surxon 2-1 Mash’al
22/04 20:15 Buxoro 0-1 Paxtakor
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor 1-1 So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf 2-3 Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo 2-2 OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid

Luisma Ernandes: "Futbol chempion bo‘lishini xohlayman"

Luisma Ernandes: "Futbol chempion bo‘lishini xohlayman"

Baho:
+ | -

"Metallurg" - "Navbahor" o‘yinidan (0:1) so‘ng mezbon jamoa ustozi Luisma Ernandes matbuot anjumanida ishtirok etdi.

— Bugun o‘z maydonimizda o‘tkazgan oxirgi uchrashuvimiz edi. Shu bois bugun g‘alaba qozonib, muvaffaqiyatimizni Bekobod ahliga sovg‘a qilmoqchi edik. Afsuski, oxir-oqibat imkoniyatni boy berdik. Shunga qaramay, ikkala bo‘limda ham shogirdlarim yuqori darajada o‘yin namoyish etdi.

— Yomg‘irli ob-havo o‘yinga ta’sir o‘tkazdimi?
— Albatta, yomg‘ir uchrashuvga ta’sir o‘tkazmay qolmadi. Bu maydon holatida ham sezildi. Shunga qaramay, biz 6-7 ta golli vaziyatlar yaratdik. Uchrashuv oxirigacha kurashib, markaz va qanotlar orqali kombinasiyalar hosil qilishga harakat qildik. Shogirdlarim o‘zining bor imkoniyatini ishga soldi deb o‘ylayman.

— Bugungi bahsda ishtirok eta olmagan Xudoyshukur Sattorov, Abror Toshqo‘ziyevlarning o‘rni bilindimi?
— Jamoadagi har bir o‘yinchining o‘z o‘rni bor. Ular har bir g‘alabaga o‘z hissasini qo‘shmoqda. Sattorov, Toshqo‘ziyev va boshqa yo‘qotishlar bo‘lmaganida bundan ham yaxshiroq o‘yin namoyish eta olardik. Biroq bugun mavjud imkoniyatlardan maksimal foydalanishga harakat qildik. Afsuski, raqib jamoa yaratgan imkoniyatidan foydalanib ketdi, biz esa darvozamizdan to‘p o‘tkazib yubordik.

— Bu yil chempionlik uchun kurashayotgan jamoalarning o‘yinlaridan yaxshi xabardor mutaxassis sifatida qaysi jamoani chempionlikka ko‘proq loyiq deb hisoblaysiz?
— Hozirda g‘oliblik uchun kurashayotgan uch klub ham chempionlikka munosib mavsum o‘tkazishdi. Lekin hozirgina "Nasaf" o‘z uyida mag‘lub bo‘lganini eshitib, to‘g‘risi biroz hayron qoldim. Men qaysidir jamoa emas, futbol chempion bo‘lishini xohlayman.

Manba: https://t.me/metallurguz
Kiritildi: 22:49, 07.11.2022.
O'qildi: 1247 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик