Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/09 00:00 Vilyarreal 1-2 Betis
15/09 00:00 Lids 4-1 Nyukasl
15/09 15:00 Tejon Hana Citizen 1-0 Kyoto Sanga
15/09 15:00 Gamba Osaka 4-1 Kongan Hanoi
15/09 15:00 Kashima Antlers 7-1 Nyukasl Jets
15/09 15:00 Ratchaburi 4-6 Shangxay Port
15/09 17:15 Beyjing Guoan 3-1 Poxang Stilers
15/09 17:15 Johor Dorul Ta'zim 1-1 Buriram Yunayted
15/09 21:00 Al-Ayn - An-Nasr (SA)
15/09 22:00 Rayo Valyekano 2-1 Espanyol
15/09 23:00 Alaves 0-1 Valensiya
15/09 23:15 Al-Hilol - Al-G‘arafa
16/09 00:30 Elche 2-3 Real Madrid
16/09 15:00 Chonbuk Motors - Kashiva Reysol
16/09 17:15 Port - Vissel Kobe

Ro‘ziqul Berdiyev: “Uydagi o‘yinlardan ko‘ra safarda yaxshiroq o‘ynayapmiz”

Ro‘ziqul Berdiyev: “Uydagi o‘yinlardan ko‘ra safarda yaxshiroq o‘ynayapmiz”

Baho:
+ | -

Superliga 25-turidan o‘rin olgan “Nasaf” – “Neftchi” (0:1) o‘yinidan so‘ng mezbon jamoa bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev Kubok finalidan keyingi charchoq, nega safarda uydagi o‘yinlardan ko‘ra yaxshiroq o‘ynashayotgani va uchrashuvda jamoasiga nima etishmaganini va raqiblar uning jamoasiga qarshi o‘yinlarda rag‘batlantirilayotgani borasidagi gaplarga fikr bildirdi.

“O‘yin biz uchun kutilmagan natija bilan tugadi. Raqib chuqur himoyalandi va hujumda bizga deyarli imkon bermadi. Oldinga o‘tib tavakkal qildik va qarshi hujumda gol o‘tkazib yubordik”, - deydi murabbiy.

“Oldinda vaziyat yarata oladigan va hujumlarni yakunlaydigan futbolchimiz yo‘qligi bilinib qoldi. Jurnalistlar negadir faqat uydagi o‘yinlarga e’tibor qaratishayapti. Safardagi o‘yinlarda yaxshi mavsum o‘tkazayotganimiz haqida negadir gapirishmayapti. Avval aytganimdek, uyda raqiblarimiz chuqur himoyalanishayapti va bu bizga qiyinchilik tug‘dirayapti. Bugungi natijadan keyin imkoniyatlarimiz ancha pasayib ketdi. Oldinda yana bitta o‘yin bor va biz oxirigacha harakat qilamiz”.

“Birinchi taymda o‘zimiz kam vaziyat yaratdik. O‘zimiz yaratilgan vaziyatlarni golga aylantira olmadik. Bunga hakamlarni aloqasi yo‘q”.
“Bizga qarshi o‘ynayotganlar raqiblar tomonidan bonuslar bilan rag‘batlantirilishi haqida biz ham uzoqlardan eshitayapmiz. Ko‘p jamoalar ochko yo‘qotishimizni istashayotgandek. Jamoalar bizga qarshi ikki karra kuch bilan o‘ynashayapti. Ammo, bu borada asos yoki fikr yo‘q.”.

Manba: PFL.UZ
Kiritildi: 05:53, 08.11.2022.
O'qildi: 1360 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик