"Barselona" La Liganing ushbu mavsumini juda muvaffaqiyatli boshladi.
“Osasuna” ustidan kamchilikda qozonilgan irodali g‘alabadan (2:1) so‘ng Xavi shogirdlari La Liganing 14 uchrashuvida 37 ochko jamg‘arib turibdi.
"Barselona" bundan muvaffaqiyatli natijani faqat 2012/13 va 2013/14 mavsumlarda ko‘rsatgan. O‘shanda Kataloniya klubi 40 ochko to‘plagan.
2010/11 yilgi mavsumda "Barselona"ning La Ligadagi 14 o‘yindan so‘ng ko‘rsatgan natijasi xuddi shu mavsumdagi bilan bir xil - 37 ochko.