Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/05 00:00 Real Sosyedad 2-2 Betis
10/05 15:30 Verona 0-1 Komo
10/05 17:00 Malyorka 1-1 Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli 2-2 Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest 1-1 Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas 2-2 Everton
10/05 18:00 Cremonese 3-0 Piza
10/05 18:00 Fiorentina 0-0 Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao 0-1 Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem 0-1 Arsenal
10/05 21:00 Parma 2-3 Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo 0-0 Xetafe
10/05 23:45 Milan 2-3 Atalanta
11/05 00:00 Barselona 2-0 Real Madrid
11/05 23:45 Napoli - Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem - Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano - Jirona
12/05 22:00 Selta - Levante
12/05 23:00 Betis - Elche

Doston Hamdamov: "Bizning g‘alabalar jamoaning mashg‘ulotlardagi mehnati mahsuli deb o‘ylayman"

Doston Hamdamov: "Bizning g‘alabalar jamoaning mashg‘ulotlardagi mehnati mahsuli deb o‘ylayman"

Baho:
+ | -

"Qizilqum" bilan o‘yindan keyin "Paxtakor" matbuot xizmati Doston Hamdamovning o‘yinga oid fikrlari bilan qiziqdi.

- Oxirgi turlarda jamoa ishonchli va chiroyli g‘alabalarga erishmoqda, ushbu o‘yin ham bundan istisno emas. Jamoa yuqori sur’atni ushlab oldi. Raqiblarning ochko yo‘qotishi jamoaga ancha ustunlik berdi. O‘yin oldidan jamoa qanday kayfiyatda edi?

- Bizning g‘alabalar jamoaning mashg‘ulotlardagi mehnati mahsuli deb o‘ylayman. G‘alaba qozonish har doim yoqimli. Biz uchrashuv oldidan raqiblarimiz o‘yiniga e’tibor bermadik. Ushbu o‘yin haqida o‘yladik va o‘zimizga kerak bo‘lgan natijaga erisha oldik.

- Jamoa birinchi bo‘limdayoq o‘yin masalasini hal etgandek bo‘ldi, lekin ikkinchi bo‘limda ham gol urishda davom etdi. Tablodagi yirik hisob bunga isbot. Jamoa ikkinchi bo‘limda ham o‘yinni nazorat qilib turishiga nima sabab bo‘ldi?

- Murabbiylar ko‘rsatmasiga ko‘ra, hujum qilishda davom etdik va yana gollar urdik. Ishtiyoq ham yetarli edi. Yigitlar gol urishni istayotgan edi va shunga erishdik.

- So‘nggi turda poytaxt derbisi kutmoqda va o‘sha o‘yinda chempionlik masalasi hal bo‘ladi. Jamoada kayfiyat a’lo darajada, lekin oxirgi o‘yin oson kechmasligi aniq.

- Albatta, chempionatni yakunlab beruvchi bahs oldinda bizni kutmoqda. Derbi oson bo‘lmaydi, lekin barchasi o‘z qo‘limizda va qanday natijaga qayd etishimiz o‘zimizga bog‘liq. Jamoa chempionlikni maqsad qilgan. Chempionlikka erishish uchun qo‘limizdan kelgan barcha imkoniyatlarni ishga solamiz" - dedi Hamdamov.

Manba: "Пахтакор" матбуот хизмати
Kiritildi: 11:07, 09.11.2022.
O'qildi: 1311 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик