"Barselona" himoyachisi Jerar Pike faoliyatidagi so‘nggi o‘yinda klubning antirekordini takrorladi. Qizig‘i, buning uchun u maydonga tushishi ham shart bo‘lmadi.
Ispaniyalik futbolchi “Osasuna” (2:1) bilan o‘yinni zaxirada boshlagan bo‘lsa, tanaffusda hakam Xesus Gil Manzano bilan bahslasha boshladi va buning uchun qizil kartochka oldi.
Statistiklarning hisob-kitobiga ko‘ra, 35 yoshli futbolchi uchun chetlatilgan kataloniyaliklar safidagi 11-o‘yin bo‘ldi. Bu ko‘rsatkich bo‘yicha Pike Xristo Stoichkovning klub antirekordini takrorladi. Qizig‘i, bu reytingda uchinchi o‘rinni Pep Gvardiola egallab turibdi - 9 ta qizil kartochka.