Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/03 00:45 Yuventus 4-0 Piza
08/03 01:00 Atletik Bilbao 0-1 Barselona
08/03 16:30 Lechche 2-1 Cremonese
08/03 18:00 Vilyarreal 2-1 Elche
08/03 19:00 Bolonya 1-2 Verona
08/03 19:00 Fiorentina 0-0 Parma
08/03 20:15 Xetafe 2-0 Betis
08/03 22:00 Jenoa 2-1 Roma
08/03 22:30 Sevilya 1-1 Rayo Valyekano
09/03 00:45 Milan 1-0 Inter
09/03 01:00 Valensiya 3-2 Alaves
10/03 00:45 Lasio - Sassuolo
10/03 01:00 Espanyol - Real Ovyedo
10/03 19:00 Neftchi - Andijon
10/03 19:45 Mash’al - Qizilqum
10/03 20:00 Paxtakor - Navbahor

«Bunyodkor» prezidenti klub oldiga «Paxtakor»ni mag‘lub etish vazifasini qo‘ydi

«Bunyodkor» prezidenti klub oldiga «Paxtakor»ni mag‘lub etish vazifasini qo‘ydi

Baho:
+ | -

9 noyabr kuni “O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati Boshqaruvi raisi, “Bunyodkor” futbol klubi prezidenti Mehriddin Abdullayev “Bunyodkor”ga tashrif buyurdi. Tashrifning avvalida Ivan Boshkovich murabbiyligidagi “qaldirg‘ochlar” bilan uchrashgan Mehriddin Razzoqovich dastavval so‘nggi turlardagi o‘yin va natijalar bo‘yicha fikr bildirib, mavsumni yaxshi kayfiyatda yakunlash zarurligini eslatib o‘tdi.

“Yil o‘yini” hisoblangan “Bunyodkor” – “Paxtakor” uchrashuvida ham g‘alaba qozonish shartligini ta’kidlar ekan, albatta “derbi”dagi yutuq e’tiborsiz qoldirilmasligini ma’lum qildi. Buning uchun shunchaki mavsumning yakuniy bahsida g‘alaba qozonib, muxlislarimizni xursand qilish kifoya!

Tashrifning ikkinchi qismida qayta ta’mirlash ishlari olib borilayotgan “Bunyodkor” stadionini ko‘zdan kechirgan Mehriddin Razzoqovich ishchi xodimlar bilan yaqindan suhbatlashdi. Maydon va maysaning holati, olib borilayotgan ishlarni ijobiy baholagan Mehriddin Abdullayev mas’ul mutaxassislarga kerakli ko‘rsatma hamda tavsiyalarni berdi.

Manba: fcbunyodkor.com
Kiritildi: 20:10, 10.11.2022.
O'qildi: 4686 marta.
Fikrlar: 60 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.