Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma 1-0 Sassuolo
24/05 20:00 Brayton 0-3 Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli 1-1 Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas 1-2 Arsenal
24/05 20:00 Fulhem 2-0 Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul 1-1 Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti 1-2 Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest 1-1 Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend 2-1 Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem 1-0 Everton
24/05 20:00 Vest Xem 3-0 Lids
24/05 21:00 Napoli 1-0 Udineze
24/05 23:45 Verona 0-2 Roma
24/05 23:45 Cremonese 1-4 Komo
24/05 23:45 Lechche 1-0 Jenoa
24/05 23:45 Milan 1-2 Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal 5-1 Atletiko
25/05 00:45 Torino 2-2 Yuventus

Jahon chempionatlari tarixidagi eng yirik hisoblarni bilib oling!

Jahon chempionatlari tarixidagi eng yirik hisoblarni bilib oling!

Baho:
+ | -

Jahon chempionatlari tarixida ko‘plab yirik hisob qayd etilgan o‘yinlar bo‘lgan. 2014 yilda Germaniya Braziliyani 7-1 hisobida dog‘da qoldirgani hammaning yodida bo‘lsa kerak. Shuningdek, so‘nggi, Rossiyada o‘tgan mundial ham bir nechta yirik hisoblarga guvoh bo‘lgan. Jumladan, Angliya Panamani 6 ta gol bilan jazolagan (6-1). Belgiya va Tunis o‘rtasidagi bahs 5-2 hisobida tugagan. Mezbonlar esa ochilish uchrashuvida Saudiya Arabistonini 5-0 hisobida mag‘lub etgandi. Quyida shunga o‘xshash, ammo ulardan yirikroq bo‘lgan munidal o‘yinlariga nazar tashlaymiz.

Vengriya 10 -1 El Salvador. (Ispaniya-1982)

O‘z yurtida fuqarolar urushi ketayotgan bir paytda El Salvador Jahon chempionatiga yo‘l oladi. Ammo bu jamoa mundialda qatnashish uchun yetarli kuchga ega emasdi. Shu sababdan Vengriya tomonidan 10-1 hisobida mag‘lub etiladi. Ammo guruh bahslari so‘ngida bu juftlik keyingi bosqichsiz qolgan. Chunki ularning guruhida Belgiya va Argentina bor edi.

Vengriya 9-0 Janubiy Koreya (Shveysariya-1954)

Ferens Pushkas 9 golning birinchisi va so‘nggisini urishga muvaffaq bo‘lgan bahsda Koreya sharmandali mag‘lubiyatga uchraydi. Vengriya esa o‘sha yili finalgacha yetib borgan. Ammo ular G‘arbiy Germaniya tomonidan 3-2 hisobida mag‘lub etiladi.

Yugoslaviya 9-0 Kongo DR (G‘arbiy Germaniya-1974)

Kongo Demokratik Respublikasi o‘sha paytlarda Zoir deb atalardi. Afrikaliklar guruhni Shotlandiyaga 2-0 hisobidagi mag‘lubiyat bilan boshlaydi. Ikkinchi turda esa Yugoslaviya tomonidan tor-mor etiladi.

Shvesiya 8-0 Kuba (Fransiya - 1938)

Oradan uzoq yillar o‘tib ketgan bo‘lishiga qaramay, 1938 yilda Shvesiyaning Kuba ustidan qozongan g‘alabasi, mamlakat tarixidagi eng yirigi bo‘lib qolmoqda. Yarim finalda shimolliklar Kubani 8 ta gol farqi bilan mag‘lubiyatga uchratadi.

Urugvay 8-0 Boliviya (Braziliya-1950)

Fransiya o‘sha yili turnirdan chetlatiladi. Shu sababli fransuzlar bilan bir guruhdan joy olgan Urugvay guruhda atigi bitta o‘yin o‘tkazadi. O‘sha bahs Boliviyaga qarshi kechadi va bu bahs urugvayliklarning darajasini namoyish etadi. 1950 yilgi mundialning g‘olibligi ham turnir so‘ngida Urugvayga nasib etgan. Shunday qilib, Urugvay o‘z tarixidagi ikkinchi va hozircha so‘nggisi bo‘lib turgan chempionlikni qo‘lga kiritadi.

 

 

 

ISMATOV J.

Manba: thesun.co.uk
Kiritildi: 20:14, 10.11.2022.
O'qildi: 3572 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик