Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston 0-0 Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

Asror Aliqulov: «Ikki o‘yindan buyon g‘alabani qo‘ldan chiqaryapmiz»

Asror Aliqulov: «Ikki o‘yindan buyon g‘alabani qo‘ldan chiqaryapmiz»

Baho:
+ | -

Pro Liga 26-tur «Sho‘rtan» — «G‘ijduvon» (1:1) uchrashuvidan so‘ng tashkil etilgan matbuot anjumanining ikkinchi qismida mezbonlar bosh murabbiyi Asror Aliqulov ishtirok etib, jurnalistlar savollariga javob berdi.

— Bugungi o‘yinni juda ham shiddatli kechdi deyish mumkin. Biz ham G‘uzordagi so‘ngi bellashuvda muxlislarimiz oldida g‘alaba qozonishni niyat qilgan edik. To‘p kiritdik. Hisobda oldinga chiqdik. lekin ikki o‘yindirki g‘alabani ushlab qola olmayapmiz. Himoyachimizning qo‘pol xatosidan so‘ng gol qo‘yib yubordik. Oxirigacha g‘alaba qozonish uchun harakat qildik. Lekin buni eplay olmadik.

— Asror aka, o‘zingiz himoyachi bo‘lgansiz. Bugun Shohzamon Xayrullayevni havaskorlarga xos xatosi jamoani ikki ochkodan mahrum qildi. Umuman o‘sha gol o‘tkazib yuborilgan vaziyat haqida nima deysiz?

— To‘pni qabul qilishdagi texnik xato evaziga gol o‘tkazib yuborildi. Hozir u ham kiyim almashtirish xonasida tushkunlikka tushib qoldi. Bunaqa xato futbolda uchrab turadi. Lekin himoyachi bunaqa xato qilmasligi kerak edi. Lekin bu gol o‘tkazib yuboriladigan darajadagi qiyin vaziyat emasdi. Uning bu xatosi bizni ikki ochkodan mahrum qildi.

— Bugun «G‘ijduvon» mehmon sifatida tashrif buyurgan bo‘lsada, lekin hujumchi bilan harakat qildi. «Sho‘rtan» esa hujumchi o‘rniga hujumchini maydonga tushirdi. Zaxiradan tushgan Zoirov gol urishga erishdi. Zoirov ikkinchi bo‘lim futbolchisimi?

— Yo‘q. Biz tarkibda rotasiya ham qilib turibmiz. Asad Samariddinovga ko‘p imkoniyat bera olmadik. Ham bu bellashuvda Yangiyerdagi uchrashuvni ham inobatga olib harakat qildik. Oldingi turda Muhriddin o‘zini ko‘rsata olmagandi. Shu sababli Samariddinov asosiy tarkibdan o‘rin oldi. Zoirov ikkinchi bo‘limda jamoamizga to‘liq kuch bilan qo‘shilishini va oldinga tortishini maqsad qilgandik. O‘ylaymanki, bu to‘g‘ri qaror bo‘lgan edi. Chunki Muhriddin gol kiritdi va raqib himoyasini bosim ostida ushlab turdi. Ammo uning goli bizga g‘alaba keltirmadi.

— Bugun «G‘ijduvon» gol kiritilgandan so‘ng o‘yinni cho‘zgandek bo‘ldi. Bunga nima deysiz? «Sho‘rtan» shunday vaziyatda bo‘lganida vaqtni cho‘zarmidi? Murabbiy sifatida nima deysiz?

— Bizning asosiy maqsadimiz yosh futbolchilarni katta futbolga tayyorlash. Raqibning qanday uslubda o‘ynashi bu ularning rejasiga bog‘liq. Biz g‘alaba qozonganimizda ham, Yangiyerda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda ham chempionat davomida ham bunday yo‘l tutmaganmiz. Chunki biz futbolchilarga imkon beramiz. Ularning hozirgi mehnatlari ularning kelajagiga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Biz futbolchilarga maydonda kurashishlariga qo‘yib beramiz. Lekin g‘alaba qozonayotgan bo‘lsak, himoyalanishni ham unutmaslik kerak. Tablodagi hisobga qarab o‘ynashni bilish kerak.

"Sho‘rtan" PFK matbuot xizmati

Manba: fcshurtan.uz
Kiritildi: 23:06, 10.11.2022.
O'qildi: 1488 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.