Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/04 18:00 Xorazm 2-1 Dinamo
03/04 19:00 Navbahor 2-1 Mash’al
03/04 20:15 Nasaf 1-0 Andijon
04/04 00:00 Rayo Valyekano 1-0 Elche
04/04 17:00 Paxtakor - OKMK
04/04 17:00 Real Sosyedad - Levante
04/04 18:00 Qizilqum - Neftchi
04/04 18:00 Sassuolo - Kalyari
04/04 19:15 Surxon - Buxoro
04/04 19:15 Malyorka - Real Madrid
04/04 21:00 Verona - Fiorentina
04/04 21:30 Betis - Espanyol
04/04 23:45 Lasio - Parma
05/04 00:00 Atletiko - Barselona
05/04 17:00 Xetafe - Atletik Bilbao
05/04 18:00 Cremonese - Bolonya
05/04 19:15 Valensiya - Selta
05/04 21:00 Piza - Torino
05/04 21:30 Real Ovyedo - Sevilya
05/04 23:45 Inter - Roma
06/04 00:00 Alaves - Osasuna

Terma jamoalar bazasini tashkil etishda Vengriya tajribasi o‘rganilmoqda

Terma jamoalar bazasini tashkil etishda Vengriya tajribasi o‘rganilmoqda

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Xabaringiz bor, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi Toshkent viloyatida terma jamoalar uchun markaz tashkil etmoqda. Ushbu markazni xalqaro standartlar asosida bunyod etish, jihozlash va faoliyatini yo‘lga qo‘yish maqsadida bir nechta davlatlarning tajribalari o‘rganilmoqda.

Bugun O‘FA ishchi guruhi futbol infratuzilmasi bilan tanishish, maydonlar tashkil etishning zamonaviy standartini o‘rganish, hududlarda bolalar va ommaviy futbolni rivojlantirish, murabbiylar ta’limi va bir qator yo‘nalishlar bo‘yicha tajriba oshirish maqsadida Vengriya futbol federasiyasida bo‘ldilar.

Dastlab federasiyaga tegishli terma jamoalar markazi o‘rganildi. Mahalliy mutaxassislar xalqaro standartlar talabidagi maydonlarni tashkil etish, maysalarni parvarishlash, yoritish tizimi, stadionning texnik-xavfsizlik tomonlarini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish borasidagi tajribalari bilan bo‘lishdilar. Shuningdek, mashg‘ulot va asosiy maydonlar, tribunalar va unga tutash hududlarni qurish hamda maysa parvarishiga aloqador texnikalardan foydalanish bo‘yicha Vengriya andazasi o‘rganildi.

Yurtimizda qad rostlaydigan bazada ham zamonaviy restoran, reabilitasiya va tibbiyot markazi, mashg‘ulotlar zali, yopiq sport kompleksi va konferensiya xonalarini jihozlash bo‘yicha kerakli tavsiyalar olindi. Bundan tashqari, terma jamoalar markazida joylashishi ko‘zda tutilgan yashil hudud va futbolchilar dam olish maskanining loyihasiga qo‘shimchalar kiritildi.

Shuningdek, bugungi uchrashuv davomida Vengriya futbol federasiyasi vise-prezidenti Sandor Berzi ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Tomonlar ikki mamlakatda futbolni rivojlantirish, uning ommaviyligini oshirish, ayollar va bolalar futboli yo‘nalishida hamkorlikni kengaytirish, murabbiylar ta’limi va kadrlar tayyorlash masalalari muhokama etildi. Bu borada har ikki taraf vakillari o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashdilar.

Uchrashuv yakunida ikki davlat futbol tashkilotlari mutasaddilari kelgusida ham keng doiradagi hamkorlikni davom ettirish bo‘yicha kelishib oldilar.

Manba: ufa.uz
Kiritildi: 20:39, 11.11.2022.
O'qildi: 1751 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик