Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/01 01:00 Ayaks 1-2 Olimpiakos
29/01 01:00 Arsenal 3-2 Qayrat
29/01 01:00 Monako 0-0 Yuventus
29/01 01:00 Atletik Bilbao 2-3 Sporting
29/01 01:00 Atletiko 1-2 Bude-Glimt
29/01 01:00 Bayer 3-0 Vilyarreal
29/01 01:00 Borussiya D 0-2 Inter
29/01 01:00 Bryugge 3-0 Marsel
29/01 01:00 Ayntraxt F 0-2 Tottenhem
29/01 01:00 Barselona 4-1 Kopengagen
29/01 01:00 Liverpul 6-0 Qorabog‘
29/01 01:00 Manchester Siti 2-0 Galatasaroy
29/01 01:00 Pafos 4-1 Slaviya
29/01 01:00 PSJ 1-1 Nyukasl
29/01 01:00 PSV 1-2 Bavariya
29/01 01:00 Benfika 4-2 Real Madrid
29/01 01:00 Napoli 2-3 Chelsi
29/01 01:00 Yunion 1-0 Atalanta
29/01 11:00 Livan 0-2 Vyetnam
29/01 13:00 Janubiy Koreya 2-3 Iroq
29/01 15:00 Kuvayt 1-6 Tailand
29/01 17:00 Qirg‘iziston - Indoneziya
30/01 11:00 Saudiya Arabistoni 0-2 Eron
30/01 13:00 Avstraliya 2-4 O‘zbekiston
30/01 15:00 Malayziya 0-7 Afg‘oniston
30/01 17:00 Tojikiston 0-3 Yaponiya
31/01 00:45 Lasio - Jenoa
31/01 01:00 Espanyol - Alaves
31/01 18:00 Real Ovyedo - Jirona
31/01 19:00 Piza - Sassuolo
31/01 20:00 Lids - Arsenal
31/01 20:00 Vulverhempton - Bornmut
31/01 20:00 Brayton - Everton
31/01 20:15 Osasuna - Vilyarreal
31/01 22:00 Napoli - Fiorentina
31/01 22:30 Levante - Atletiko
31/01 22:30 Chelsi - Vest Xem

Afsona qayerga yo‘qolib ketdi?

Afsona qayerga yo‘qolib ketdi?

Baho:
+1 | -

2021 yilning yozida Janluiji Buffon “Yuventus”ni tark etdi. 20 yildan so‘ng afsonaviy darvozabon Italiya kubogi, Superkubogi, shuningdek, UYEFA kubogini qo‘lga kiritgan “Parma”ga qaytdi. Buffon B seriya jamoasi bilan shartnoma imzolashdan oldin bir vaqtning o‘zida bir nechta yirik klublarni rad etdi - "Atalanta", "Barselona", "Roma", "Flamengo" va boshqalar. Janluiji faoliyatini "Parma"da yakunlashni orzu qilgan va so‘nggi bir yarim yildan beri o‘z uyida o‘ynayapti. Bugun buyuk darvozabon nimalar qilyotgani haqida gaplashamiz.

Buffonning "Parma"ga qaytganidan keyingi birinchi mavsumi

2021/2022 yilgi mavsumda Janluiji 26 ta o‘yin o‘tkazdi. Ularda darvozabon 27 ta gol o‘tkazib yubordi va sakkizta o‘yinni "nolga" o‘tkazdi. Buffon sardorlik bog‘ichi bilan maydonga tushdi va "Parma"ning yettita g‘alabasiga hissa qo‘shdi. Darvozabon jonajon klubidan ketganidan 7339 kun o‘tgach, o‘zining klubi uchun birinchi o‘yinni o‘tkazdi.

U qanday qilib “Real” yoki “Barselona”ga o‘tishi mumkin bo‘lgani va nima uchun B seriyaga qaytishga qaror qilgani haqida gapirib berdi:

“Faoliyatimda ikkinchi marta B Seriyaga qaytyapman. Men u yerga 28 yoshimda, dunyoning eng yaxshi darvozaboni bo‘lganimda borganman. Nega men buni 43 yoshda qilmasligim kerak? 2006 yilda men “Yuventus”ni tanladim, endi esa “Parma”ni. Men havaskorlar ligasida ham o‘ynashim mumkin edi. Mening qadriyatlarim o‘zgarmas edi".

2021/2022 yilgi mavsumda Buffon "Parma" bilan shartnomasini 2024 yilning yoziga qadar uzaytirdi. “Bugun men va oilam uchun juda yaxshi kun. “Parma” bilan shartnomamni 2024 yilgacha uzaytirdim. Bir necha oy oldin men shaharga va odamlarga bo‘lgan kuchli mehrim tufayli bu yerga qaytib keldim. Endi bu aloqa yanada mustahkamlandi. Umid qilamanki, muxlislar va butun shahar men va farzandlarim kabi baxtlidir", – deb yozdi Buffon ijtimoiy tarmoqlarda.

Afsonaviy darvozabonning agenti mijozi bilan shartnoma imzolangandan so‘ng Buffon nima uchun haligacha sovuqqonligini aytdi:

“Klub Buffon bilan shartnomani uzaytirish bo‘yicha muzokaralar olib borishga qaror qildi, chunki 44 yoshida u xuddi o‘zidan 10 yosh kichik futbolchilardek ishlaydi. U muntazam o‘ynashga loyiq, ammo ko‘pchilik klublar yosh darvozabonlarga e’tibor qaratib, kelajak uchun rejalar tuzishi tabiiy. Agar Buffon shu formani saqlab qolsa, u 50 yoshgacha o‘ynashda davom etishi mumkin. Albatta, bu yoshda uzoq muddatli rejalar tuzib bo‘lmasligi aniq”.

2021/2022 yilgi mavsumda "Parma" 38 turdan keyin 49 ochko bilan 12-o‘rinni egalladi. Klub rahbariyati bu natijani qoniqarsiz deb baholadi va shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan Juzeppe Yachini bosh murabbiylikdan ozod qildi.

Buffonning "Parma"dagi ikkinchi mavsumi

Yozda Buffon yangi mavsumga tayyorgarlik ko‘rdi va kelajak rejalari bilan o‘rtoqlashdi: “Faoliyatimni 55 yoshda tugatamanmi? Taxminan shunday bo‘ladi. Buslarimni mixga osib qo‘yganimdan keyin murabbiylik qilishni davom ettiramanmi? Faoliyatimni yakunlagandan keyin nima qilaman, deb anchadan beri o‘yladim. Futbolda qolishimga 100 foiz ishonchim komil emas. Balki men o‘zimni yangi, sohada sinab ko‘rarman, chunki men futbolda hamma narsani ko‘rdim. Men uchun yangi narsalarni o‘rganish qiziq", - deya Buffonning so‘zlaridan iqtibos keltiradi jurnalist Alfredo Pedulla.

Darvozabon chempionat startini o‘tkazib yubordi va maydonga bor-yo‘g‘i uch o‘yinda maydonga tushib, beshta gol o‘tkazib yubordi. Janluiji tizzasidan jarohat oldi va bir oydan ortiq vaqt davomida maydonda emasdi. Ehtimol, jarohatlar va murabbiylik lavozimiga o‘tish istagi 55 yoshgacha o‘ynash orzusidan ustundir. Buffon Italiya terma jamoasini boshqarishni istaydi, ammo hozircha uning "Parma" bilan kelishuvi bor. Hozir uning klubi turnir jadvalida oltinchi o‘rinda bormoqda.

Kiritildi: 14:00, 12.11.2022.
O'qildi: 6686 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.