Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/03 00:30 Bornmut 0-0 Brentford
04/03 00:30 Everton 2-0 Byornli
04/03 00:30 Lids 0-1 Sanderlend
04/03 01:15 Vulverhempton 2-1 Liverpul
04/03 18:45 Qo‘qon-1912 1-2 Paxtakor
04/03 19:15 Qizilqum 2-1 Andijon
04/03 23:00 Rayo Valyekano 3-0 Real Ovyedo
05/03 00:30 Aston Villa 1-4 Chelsi
05/03 00:30 Fulhem 0-1 Vest Xem
05/03 00:30 Brayton 0-1 Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti 2-2 Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl 2-1 Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor - Buxoro
05/03 19:15 Mash’al - Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon - Neftchi
06/03 01:00 Tottenhem - Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor - Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona - Nasaf
06/03 19:30 Xorazm - OKMK

Boks. Aslonovga qarshi jangda mezbon bokschini chempionga aylantirishdi

Boks. Aslonovga qarshi jangda mezbon bokschini chempionga aylantirishdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT / Sport turlari / Boks
Rukn: Yangiliklar

Iordaniyaning Amman shahrida boks bo‘yicha Osiyo chempionatining final bahslari 12 noyabr, shanba kuni bo‘lib o‘tmoqda.

80 vazn toifasida O‘zbekiston sharafini himoya qilgan Odiljon Aslonov iordaniyalik Hussayn Eyshashga qarshi ringga ko‘tarildi.

Hamyurtimiz birinchi bo‘limda to‘liq ustunlikka erishdi, hatto raqibni bir marta nokdaunga tushirdi. Ammo hakamlarning faqat 3 nafari ustunlikni Aslonovga berishdi.

Ikkinchi bo‘limda esa vaziyat tenglashdi. Ringdagi hakam bir marta mezbon sportchi foydasiga nokdaun qayd etdi. Bu esa yon hakamlarga qo‘l keldi va ularning barchasi bu raundda ustunlikni Hussaynga berishdi.

Uchinchi bo‘limda vatandoshimiz vaziyatni o‘zgartirishga harakat qildi. Ammo mezbon sportchini chempion qilish missiyasi to‘liq bajarildi. Aslonov esa kumush medalga sazovor bo‘ldi.

Shu tariqa, O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi 4ta oltin medaldan so‘ng ilk kumushni qo‘lga kiritdi.

Kiritildi: 18:42, 12.11.2022.
O'qildi: 4507 marta.
Fikrlar: 17 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.