Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/01 00:45 Inter 1-0 Lechche
15/01 22:30 Verona 2-3 Bolonya
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya - Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam - BAA
17/01 00:45 Piza - Atalanta
17/01 01:00 Espanyol - Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal

UFC-281. Dastin Porye bo‘g‘ish usuli bilan Maykl Chendlerni taslim etdi

UFC-281. Dastin Porye bo‘g‘ish usuli bilan Maykl Chendlerni taslim etdi

Baho:
+ | -

AQSHning Nyu-York shahridagi Madison Square Garden’da O‘zbekiston vaqti bilan 13 noyabr tongida UFC 281 musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

Musobaqaning asosiy kardida promoushen yengil vazn toifasining yorqin vakillari Dastin Porye (29-7) va Maykl Chendler (23-8) o‘zaro to‘qnash keldi.

Birinchi raundda har ikki yakkakurashchi bir-biriga zarbalar yo‘llashda faol bo‘ldi. Raund oxirida Porye raqibini muvozanatdan chiqarishga erishdi, biroq finish uchun vaqt yetmadi.

Ikkinchi raund Chendler faollikni oshirdi va besh daqiqalikning katta qismini parterdagi ustunlik bilan o‘tkazdi. Uchinchi raundda ham Maykl raqibini parter holatiga olib o‘tmoqchi bo‘ldi, biroq Porye qulay vaziyatga ega bo‘ldi va raqibiga bo‘g‘ish usulini qo‘llab, taslim etdi.

Qayd etish kerak, Chendler faoliyatida ilk bor sabmishen tufayli mag‘lubiyatga uchradi.

Shu tariqa 11 oylik tanaffusdan keyin oktagonga qaytgan Dastin yorqin g‘alabaga erishdi. Porye 2021 yilning dekabrida titul uchun jangda Charlz Oliveyraga yutqazib qo‘ygandi.

Chendler esa UFC’dagi beshinchi jangida uchinchi mag‘lubiyatni qabul qilib oldi. Maykl bundan avvalgi jangini may oyida Toni Fergyusonga qarshi o‘tkazib, raqibini 2-raundda nokautga uchratgandi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 10:47, 13.11.2022.
O'qildi: 3160 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.