Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/08 19:00 Nasaf 1-2 Paxtakor
18/08 19:00 So‘g‘diyona - Qizilqum
18/08 20:00 Buxoro - Neftchi

"PSJ" "Tottenxem" hujumchisi uchun 80 million yevro to‘lamoqchi

"PSJ" "Tottenxem" hujumchisi uchun 80 million yevro to‘lamoqchi

Baho:
+ | -

"Tottenxem" hujumchisi Son Xyon Min faoliyatini "PSJ"da davom ettirishi mumkin. Parijliklar 30 yoshli futbolchining transferi uchun 80 million yevro to‘lashga tayyor. Sonning transferiga "PSJ" prezidenti Nosir Al-Xelayfi qiziqmoqda. U futbolchi bilan Qatardagi jahon chempionati vaqtida uchrashishni rejalashtirgan, deb xabar beradi El Nacional.

Nashrning yozishicha, hujumchi “Tottenxem” bilan 2025-yilda tugaydigan shartnomasini uzaytirmaydi.

Xabar qilinishicha, futbolchiga "Real" ham qiziqish bildirmoqda, ammo Madrid klubi hujumchi bilan shartnoma imzolay olmasa kerak.

Joriy mavsumda Son Xyon Min 19 ta o‘yinda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va 2 ta golga assistentlik qildi. Transfermarkt portali futbolchini 70 million yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 15:30, 14.11.2022.
O'qildi: 3612 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик