Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

Mbappening "PSJ"ni nima uchun tark etishga qaror qilganini sabablaridan biri ma’lum bo‘ldi

Mbappening "PSJ"ni nima uchun tark etishga qaror qilganini sabablaridan biri ma’lum bo‘ldi

Baho:
+ | -

"PSJ" hujumchisi Kilian Mbappe hozirgi jamoasidan norozi, shu sababli futbolchi jamoadagi kelajagiga ishonchi komil emas.

L'Équipe nashrining yozishicha, uning g‘azablanishiga parijliklar rahbariyatining transfer bozoridagi faoliyatidan noroziligidan tashqari, maoshlarning kechikishi sabab bo‘lgan.

Qayd etilishicha, oktyabr oyi boshidagi "Benfika" bilan o‘yin oldidan fransiyalik hujumchi sentyabr oyidagi maoshi hali hisob raqamiga o‘tkazilmaganini payqagan. Mbappening noroziligi haqidagi ma’lumotlar matbuotga sizib chiqqanidan keyin futbolchi haligacha pul olmagan edi. Oradan bir-ikki kun o‘tib futbolchiga maoshining faqat bir qismi to‘langan. Uning atrofidagilar "PSJ" rahbariyatidan javob talab qilishda davom etdi, ammo ular tomonidan berilgan tushuntirishlarning birortasidan ham qoniqmadi. Ba’zilar hisoblar bilan bog‘liq muammolarni, boshqalari - FFP bilan bog‘liq muammolarni ko‘rsatdilar.

O‘shandan buyon muammo hal bo‘ldi, Mbappening vakillari vaziyat bo‘yicha qo‘shimcha izoh berishdan bosh tortdilar. Parij giganti matbuot xizmati OAVga futbolchiga shartnoma bo‘yicha kelishilgan barcha summalar to‘langanini ma’lum qildi va kechikishni barcha klublarda bo‘ladigan oddiy hodisa deb atadi.

Kiritildi: 12:23, 15.11.2022.
O'qildi: 7091 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.