Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/04 00:00 Kristal Pelas - Vest Xem
21/04 22:00 Atletik Bilbao - Osasuna
21/04 22:00 Malyorka - Valensiya
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 18:00 Surxon - Mash’al
22/04 20:15 Buxoro - Paxtakor
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor - So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf - Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo - OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol

FIFA prezidenti JCH-2022 vaqtida Ukrainada o‘t ochishni to‘xtatishga chaqirdi

FIFA prezidenti JCH-2022 vaqtida Ukrainada o‘t ochishni to‘xtatishga chaqirdi

Baho:
+ | -

FIFA prezidenti Janni Infantino G20 davlatlarini Ukrainadagi otishmalarni to‘xtatishda yordam berishga chaqirdi.

"Rossiya futbol bo‘yicha 2018 yilgi Jahon Chempionatini o‘zida qabul qildi. Ukraina 2030 yilda chempionatga mezbonlik qilish istagida. Navbatdagi mundial tez orada boshlanadi.

Shu munosabat bilan sizlarga taklifim bor: o‘t ochishni to‘xtatish haqida kelishib olish — mayli uzoq vaqtga bo‘lmasa ham, bir oygina bo‘lsa ham, chempionat o‘tayotgan vaqtda.

Gumanitar yordam yo‘laklarini tashkil qilishda yoki shunga o‘xshash tomonlarni bosqichma-bosqich o‘zaro muloqotga olib boradigan biror ishni amalga oshirishga ko‘mak bering", — dedi Janni Infantino.

Infantino sammitga JCH—2022'ning rasmiy to‘pini olib keldi va chiqishi so‘ngida ishtirokchi mamlakatlar yetakchilaridan unga imzo qo‘yishni iltimos qildi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 18:40, 15.11.2022.
O'qildi: 1777 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик