Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino 4-1 Parma
14/03 01:00 Alaves 1-1 Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona 3-0 Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter 1-1 Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend 0-1 Brayton
14/03 20:00 Byornli 0-0 Bornmut
14/03 20:15 Atletiko 1-0 Xetafe
14/03 22:00 Napoli 2-1 Lechche
14/03 22:30 Chelsi 0-1 Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal 2-0 Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo 1-0 Valensiya
15/03 00:45 Udineze - Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem - Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid - Elche
15/03 16:30 Verona - Jenoa
15/03 18:00 Malyorka - Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted - Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas - Lids
15/03 19:00 Piza - Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo - Bolonya
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta
16/03 00:45 Lasio - Milan
16/03 01:00 Real Sosyedad - Osasuna

"Arsenal" va boshqalar. Yevropaning to‘rt klubini Dubay chorlamoqda

"Arsenal" va boshqalar. Yevropaning to‘rt klubini Dubay chorlamoqda

Baho:
+ | -

Londonning "Arsenal" klubi qishki ta’til davomida Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida o‘rtoqlik o‘yinlari o‘tkazadi. Bu haqida avval ham xabar bergan edik. Ikki bahsdan iborat turnir Dubay Superkubogi deb nomlanadi va "Lion" va "Milan" londonliklarga raqib bo‘ladi.

"To‘pchilar" bu turnirdagi ilk bahsda, 8 dekabr kuni, Fransiyaning "Lion" klubiga qarshi chiqadi. 13 dekabrda esa Italiyaning amaldagi chempioni "Milan", APL yetakchisi bilan kuch sinashib ko‘radi. Ushbu kichik musobaqada "Liverpul" ham qatnashishi ko‘zda tutilgan. Biroq, mersisaydliklar o‘zining APLdagi raqibi bo‘lgan Mikel Arteta jamoasi bilan ӯynamaydi.

Ushbu turnirdan ko‘zlangan asosiy maqsad 6 haftalik tanaffus vaqtida Jahon chempionatiga tanlab olinmagan futbolchilarning sport formasini saqlab turishdan iborat. Shu tufayli "Arsenal" tez orada Dubayga parvoz qiladi. Jamoa u yerda iliq va qulay ob-havo sharoitida mashg‘ulotlar o‘tkazishi ko‘zda tutilgan.
"Arsenal" tarkibidagi ko‘pchilik yulduzlar Qatarga bormayapti. Ular ichida terma jamoalari saralashdan o‘ta olmagan Muhammad Elneni, Kiran Tirni, Oleksandr Zinchenko va Martin Edegorlar bor. Shuningdek, o‘z terma jamoalariga jalb etilmagan Emil Smit-Rou, Fabiu Viyeyra hamda Gabriellar ham o‘sha yerda bo‘lishadi.

Mikel Arteta bo‘lajak sayohat haqida gapirar ekan, jumladan shunday deydi: "...biz iliqroq iqlim sharoitida yana maydonda birga bo‘lishni intizorlik bilan kutamiz. Muhitning o‘zgarishi jamoaga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi deb o‘ylayman. Mavsumning ikkinchi qismiga tayyorgarlikni boshlashimiz lozim. Dubay shahri esa bizning bu maqsadimizni ro‘yobga chiqarish uchun o‘ta qulay joy. U yerda tashkil etiladigan Dubay Superkubogi musobaqasi, bizga dunyoning ikki kuchli jamoasi bo‘lgan "Milan" va "Lion"ga qarshi o‘zimizni sinab ko‘rish imkonini beradi".

"Arsenal" dekabr avvalida ikki o‘yin o‘tkazadi. Shundan so‘ng, jamoa ortga, Londonga qaytadi va APLga tayyorgarlik ko‘ra boshlaydi. "To‘pchilar" boksing deyning ilk turida "Vest Xem"ga qarshi, o‘z uyida to‘qnash keladi. Ayni damda esa APLda, 14 turdan keyin 37 ochko to‘plagan holda, Arteta jamoasi yaqqol yetakchilik qilmoqda.

 

 

 

ISMATOV J.

Manba: thesun.co.uk
Kiritildi: 19:00, 15.11.2022.
O'qildi: 6865 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.