Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/12 00:30 Brayton 0-0 Brentford
28/12 01:15 Arsenal 1-0 Ipsvich
28/12 19:00 Empoli 1-2 Jenoa
28/12 19:00 Parma 2-1 Monsa
28/12 22:00 Kalyari 0-3 Inter
29/12 00:45 Lasio 1-1 Atalanta
29/12 16:30 Udineze - Torino
29/12 19:00 Napoli - Venetsiya
29/12 19:30 Lester - Manchester Siti
29/12 20:00 Tottenhem - Vulverhempton
29/12 20:00 Kristal Pelas - Sautgempton
29/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
29/12 20:00 Fulhem - Bornmut
29/12 22:00 Yuventus - Fiorentina
29/12 22:15 Vest Xem - Liverpul
30/12 00:45 Milan - Roma
30/12 22:30 Komo - Lechche

"Menga hasad qilganlari uchun tanqid qilishadi". Ronalduning shov-shuvli intervyusi

"Menga hasad qilganlari uchun tanqid qilishadi". Ronalduning shov-shuvli intervyusi

Baho:
+ | -

 Bundan bir-necha kun oldin Krishtianu Ronaldu jurnalist Pirs Morganga shov-shuvli intervyu bergan edi. Va o‘sha mashxur suxbatning birinchi qismi biroz oldin ijtimoiy tarmoqlarga joylandi. O‘sha shov-shuvli suxbatning bugungi sonida futbolchi nimalar haqida gapirgani va uning to‘liq intervyusini quyida bilib olishingiz mumkin. 

Krishtianu yosh futbolchilarni tanqid qildi. 

U Morganga shunday deydi: "Dunyodagi barcha ligalardagi yosh futbolchilar mening avlodim bilan bir xil emas. Lekin biz ularni ayblay olmaymiz, chunki bu hayotning bir qismi.

Yangi avlod va yangi texnologiyalar ularni boshqa narsaga chalg‘itadi. Hozirgilar esa bir qulog‘i bilan eshitib, ikkinchisidan eshitganini chiqarib yuboradi." 

“Esimda 18-19 yoshlik paytlarim Van Nistelroy, Roy Kin, Ferdinand, Gigz kabi kuchli futbolchilardan o‘rnak olishga harakat qilardim va shu boisdan ham hozirgi darajamga yetishdim. Yoshlar esa qarshilarida eng yaxshi o‘rnak bo‘la oladigan futbolchilar turishsa ham ulardan namuna olishga harakat qilishmaydi. Umuman olganda, ularga hech narsaning farqi yo‘q”.

Ronaldu jamoadoshlari orasida kimlardan ko‘ngli to‘lishi, mehnatkashligi haqida ham to‘xtalib o‘tdi. 

Diogu Dalot bu borada o‘rnak bo‘la oladi. U yosh, aqlli va professional. U hali katta yutuqlarga erishishiga shubham yo‘q.

 Martines va 30 yoshdan oshgan bo‘lsa-da Kazemironi ham aytib o‘tsa bo‘ladi”.

Shuningdek, Krishtianu tanqidlar va OAV haqida ham gapirdi.

«Ronalduga ishora qilish oson - OAV mening birinchi sahifada bo‘lishimni xohlaydi. Men bu hayotga o‘rganib qolganman. Men 37 yoshdaman, men ko‘p narsani tushundim va o‘rgandim. Pastda yoki tepada bo‘lmaganingizda, sizni tanqid qilad yoki ko‘kka ko‘taradi.

Men yomon daqiqalarni qadrlayman, chunki ular kim siz tomonda ekanligini va kim sizni ko‘proq tanqid qila boshlaganini ko‘rishga imkon beradi, chunki men buni kutgandim. Bunday odamlar muvaffaqiyatli odamlarni yoqtirmaydi.

Oxirgi 4-5 oy ichida matbuotda meni tez-tez tanqid qila boshlaganini payqadim. Va ba’zida nima uchun bu sodir bo‘layotganini tushunmayman. Bu hatto Portugaliya matbuotiga ham tegishli. Men buni tushunmayapman.

Menimcha, muammoning bir qismi hasadda. Bu odamlar o‘zlarining kamchiliklarini yashirishni va yaxshi tomonlarini ko‘rsatishni xohlashadi. Lekin 21 yildan beri futbolni yuqori saviyada o‘ynab kelaman, tanqid nima ekanligini bilaman, bu men uchun muammo emas.

Men matbuotni o‘qishni yoqtirmayman. Hammasi soxta, yolg‘on. Xo‘sh, ehtimol ularning hammasi emas, lekin ularning aksariyati. U har doim yolg‘on gapiradi - men haqimda, mening oilam haqida. Nega men negativlikni yaratishga harakat qiladigan maqolalarni o‘qishim kerak?

Men uchun faqat meni yoqtirganlar muhim. Meni yoqtirmaydiganlarga vaqt sarflamayman. Meni bunday odamlar qiziqtirmaydi”.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 02:45, 17.11.2022.
O'qildi: 3940 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.