Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/12 00:30 Brayton 0-0 Brentford
28/12 01:15 Arsenal 1-0 Ipsvich
28/12 19:00 Empoli 1-2 Jenoa
28/12 19:00 Parma 2-1 Monsa
28/12 22:00 Kalyari 0-3 Inter
29/12 00:45 Lasio 1-1 Atalanta
29/12 16:30 Udineze - Torino
29/12 19:00 Napoli - Venetsiya
29/12 19:30 Lester - Manchester Siti
29/12 20:00 Tottenhem - Vulverhempton
29/12 20:00 Kristal Pelas - Sautgempton
29/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
29/12 20:00 Fulhem - Bornmut
29/12 22:00 Yuventus - Fiorentina
29/12 22:15 Vest Xem - Liverpul
30/12 00:45 Milan - Roma
30/12 22:30 Komo - Lechche

the Sun: APLning joriy mavsum birinchi yarmi ramziy terma jamoasi bilan tanishing!

the Sun: APLning joriy mavsum birinchi yarmi ramziy terma jamoasi bilan tanishing!

Baho:
+ | -

APLda 16 turdan keyin mavsumning birinchi qismi o‘z nihoyasiga yetdi. Futbol olamidagi eng kuchli chempionat mundialga qadar muxlislar uchun ajoyib shou namoyish etib berdi. Ta’kidlash lozimki, mavsum avvalida taxmin qilingan fikrlar o‘zini oqlamadi. Ayrim jamoalar kutilganidan ko‘ra ancha yaxshi natijalar qayd etdi. Jumladan, Mikel Arteta boshchilik qilayotgan «Arsenal», kutimaganda chempionlik uchun jiddiy da’vogarga aylandi. London jamoasi «Manchester Siti» bilan kurashga kirishdi va ayni damda 5 ochkolik farq bilan turnir jadvalini boshqarib turibdi. Shuningdek, bu borada «Nyukasl»ni ham alohida ta’kidlash lozim. «Qarg‘alar» Eddi Xau bilan ayni damda 3 o‘ringa ko‘tarilib olishga erishdi.

Mavsumning birinchi qismiga qarab, ramziy terma jamoa tuzishda, tabiiyki, yuqorida nomlari zikr etilgan jamoalar vakillari yetakchilik qiladi. Quyida aynan shu haqida gap boradi.

Darvozabon borasida «Nyukasl» vakili Nik Poupni alohida ta’kidlash lozim. U bu mavsumda 6 ta quruq o‘yin o‘tkazishga erishdi. U bu borada «Arsenal» posboni Aron Ramsdeyldan bittaga ortda qolmoda. Ammo Poupning seyvlari katta ahamiyatga ega edi. U hozirga qadar 43 ta seyv ijro etgan. Shu sabab uning nomzodi terma jamoaga kiritildi.
Himoyada ham ikki «Nyukasl» vakili mavjud: Kiran Trippyer va Den Bern. Ular qanot himoyachilari vazifasini bajarishadi. Markaziy himoyadan «Arsenal» futbolchilari Vilyam Saliba hamda Gabriellar joy olgan. Ta’kidlash kerakki, ushbu juftlik bu mavsumda ikkitadan golga mualliflik qildi.

Yarim himoyadan ham «Arsenal» yulduzi joy olgan. Granit Jaka o‘zining 3 ta goli bilan ramziy terma jamoaga kirish sharafiga sazovar bo‘ldi. Unga esa «Manchester Siti» sardori Kevin De Bryuyne hamrohlik qiladi. Jamoada o‘ninchi raqam vazifasini «Lester» yarim himoyachisi Jeyms Meddison bajarib beradi. O‘ng qanot uchun ikki jiddiy nomzod bor edi. Bukayo Saka va Migel Almiron bu joyga da’vo qiladi. Ammo biz mavsumda urgan gollari hisobi bilan Almironni tanlashga qaror qildik. Paragvaylik hujumchi 8 ta golni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ya olgan. Chapda esa yana «Arsenal» yulduzi Martinelli va «Brayton» vakili Leandro Trossard e’tirof etilgan. Biroq, natijalari e’tibori bilan Trossard tanlab olindi. «Chag‘alaylar» vingeri hisobida 14 turdan keyin 7 ta gol ga 3 ta assist mavjud.

Markaziy hujumda kim bo‘lishini hamma yaxshi anglab turibdi. Ha, «shaharliklar»ning yangi a’zosi Erling Xoland 14 ta turda 18 ta gol bilan bu nomga sazovar bo‘ldi. Norvegiyalik bu mavsumda APLda harakat qilmoqda. U o‘z ishini davom ettirsa, mavsum so‘ngida Alan Shirer va Endi Koul tomonidan o‘rnatilgan 34 talik APL rekordi yangilanishi mumkin.

Ramziy terma jamoa quyidagi ko‘rinishda bo‘ldi:
Darvozada: Nik Poup;
Himoyada: Trippyer, Saliba, Gabriel, Bern;
Yarim himoyada: De Bryuyne, Jaka, Meddison;
Hujumda: Almiron, Xoland, Trossard.

 

 

 


ISMATOV J.

Manba: thesun.co.uk
Kiritildi: 10:38, 17.11.2022.
O'qildi: 2472 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.