Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Temur Kapadze: «O‘zbekiston haqli ravishda Qozog‘iston ustidan g‘alaba qozondi»

Temur Kapadze: «O‘zbekiston haqli ravishda Qozog‘iston ustidan g‘alaba qozondi»

Baho:
+ | -

"Olimpik" klubi bosh murabbiyi Temur Kapadze Qozog‘istonning Sports.kz nashriga intervyu berib, kecha Toshkentda o‘tkazilgan O‘zbekiston va Qozog‘iston milliy jamoalari o‘rtasidagi o‘rtoqlik uchrashuvi borasida o‘z fikrini bildirib o‘tdi.

— Temur Tohirovich, qozog‘istonliklar Toshkentdagi o‘yin o‘zbek muxlislarida katta qiziqish uyg‘otishini kutishgandi. Ammo stadionga kam muxlis tashrif buyurdi. Buning sababi nimada?
— O‘yinga qiziqish bor edi. Ammo sovuq ob-havo tufayli stadioga kam muxlis keldi. Chunki kuni bilan yomg‘ir yog‘di va kechki payt kun sovib ketdi. Ha, o‘yin paytida yomg‘ir to‘xtadi, biroq, asosiy sabab shunda. Shuningdek, televideniye orqali translyasiya ham amalga oshirildi.

— O‘yin natijasi haqqoniy bo‘ldimi?
— Ha, haqqoniy bo‘ldi. O‘zbekiston terma jamoasi yaxshiroq ko‘rindi.

— Qozog‘istonning o‘yini haqida nima deya olasiz? Tarkibni kimnidir ajratib ko‘rsata olasizmi?
— Mehmonlar shakllangan jamoa ekanini ko‘rsata olishdi. Qozog‘istonning har bir chizig‘ida kuchli o‘yinchilar bor. Ammo ular hujum tashkil qilishda muammolarga duch kelishdi. Shuningdek, ular hujumdan himoyaga qaytishda ham kech qolishdi. Bundan esa O‘zbekiston foydalanib qoldi. Bunday o‘yinda kimnidir ajratib ko‘rsatish qiyin.

— Sizningcha, O‘zbekiston terma jamoasi mazkur bahsda o‘z kuchida harakat qildimi?
— Yo‘q, albatta. O‘zbekiston terma jamoasi yanada yaxshiroq o‘ynay olishi mumkin. Futbolchilarning salohiyati yuqori.

— Mezbonlar birinchi navbatda individual mahorat evaziga g‘alaba qozonishdi, deb aytsak bo‘ladimi?
— Ha, albatta. O‘yinchilarning individual mahorati o‘yin taqdirini hal qiladi. Umuman olganda esa, jamoaviy o‘yin — himoyada ham, hujumda ham katta rol o‘ynaydi.

— Qozog‘iston terma jamoasining so‘nggi o‘yinlarin kuzatganmidingiz? BU jamoaning Millatlar ligasi guruh bosqichida muvaffaqiyati haqida nima deya olasiz?
— Ha, kuzatdim va muxlislik qildim. O‘ylashimcha, Qozog‘iston haqli ravishda guruhda birinchi o‘rinni egalladi. Jamoaning salohiyati yuqori. Qozog‘istonliklar yanada ko‘proq natijalarni qo‘lga kiritishlari mumkin. Men ularga omad tilayman.

— Kechagi o‘yindan xulosa qiladigan bo‘lsaK, O‘zbekiston terma jamoasi Yevropa maydonlarida munosib ko‘ringan bo‘lardi.
— Fikringizga qo‘shilaman. Agar O‘zbekiston terma jamoasi Yevropada o‘ynaganida munosib ishtirok etgan bo‘lardi. Ammo Osiyoda ham futbol rivojlanmoqda. Kuchli raqiblar bor.

— Siz bir necha yillardan buyon murabbiylik foliyati bilan shug‘ullanyapsiz. Qozog‘istondan takliflar bo‘lmayaptimi?
— Hozircha Qozog‘istondan hech qanday takliflar bo‘lmadi. Ammo takliflar ko‘p. Ayni paytda men O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyiman. Oldimizga Parij-2024 yo‘llanmasini qo‘lga kiritish vazifasi qo‘yilgan.

Manba: sports.kz
Kiritildi: 18:45, 17.11.2022.
O'qildi: 2306 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.