Ayni paytda qiyinchiliklarni boshdan kechirayotgan Krishtianu Ronalduga Avstraliya chempionatidan taklif tushmoqda. Avstraliya A-Ligada ishtirok etadigan "Denni Taunsend" klubi rahbari Ronalduning transferini amalga oshirishga bel bog‘lagan.
"Krishtianu Ronaldu "Manchester Yunayted"da muhabbatni his qilmasligini aytdi? Lekin u xohlayotgan narsa Avstraliyada bor. Balki biz uning iqtidoriga ko‘ra maosh to‘lay olmasmiz, lekin boshqa yo‘l bilan tovon to‘lashimiz mumkinmi? Bizda u uchun takliflar bor", - dedi klub rahbarining so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda The West Australian nashri.
Eslatib o‘tamiz, Ronaldu butun faoliyatini Yevropa chempionatlarida o‘tkazib kelmoqda.