Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/03 00:30 Bornmut 0-0 Brentford
04/03 00:30 Everton 2-0 Byornli
04/03 00:30 Lids 0-1 Sanderlend
04/03 01:15 Vulverhempton 2-1 Liverpul
04/03 18:45 Qo‘qon-1912 1-2 Paxtakor
04/03 19:15 Qizilqum 2-1 Andijon
04/03 23:00 Rayo Valyekano 3-0 Real Ovyedo
05/03 00:30 Aston Villa 1-4 Chelsi
05/03 00:30 Fulhem 0-1 Vest Xem
05/03 00:30 Brayton 0-1 Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti 2-2 Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl 2-1 Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor - Buxoro
05/03 19:15 Mash’al - Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon - Neftchi
06/03 01:00 Tottenhem - Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor - Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona - Nasaf
06/03 19:30 Xorazm - OKMK

Eldor Shomurodovni yana “Sampdoriya”, “Torino” yoki “Monsa”ga sotishmoqchi…

Eldor Shomurodovni yana “Sampdoriya”, “Torino” yoki “Monsa”ga sotishmoqchi…

Baho:
+ | -

Shu kunlarda sardorimiz, «Roma» klubi hujumchisi Eldor Shomurodov qishki transfer oynasida Rim klubini tark etishi mumkinligi haqida xabarlar yana "oralab" qoldi.

Italiyalik mashhur  insayder Nikola Skiraning yozishicha, o‘zbekistonlik hujumchi «Roma» bosh murabbiyi Joze Mourinyoning rejalaridan o‘rin olmagan.  Shu bois u qishki transfer oynasida «bo‘rilar» safini tark etishi kutilmoqda.

Qayd etilishicha, Shomurodovga A Seriyaning uch klubi qiziqish bildirmoqda. Jumladan, «Sampdoriya», «Monsa» va «Torino» yanvar oyida ochiladigan transfer oynasida Eldorni o‘z safiga taklif etish imkoniyatlarini ko‘rib chiqmoqda.  

Ma’lumot uchun, bosh jamoamizning 27 yoshli forvardi joriy mavsum A Seriyada 6 o‘yinda maydonga tushdi. Yevropa ligasida esa 2 uchrashuvda bitta golga mualliflik qildi.

Eslatib o‘tamiz, yozgi transfer oynasida «Torino» va yana bir qator klublar Shomurodovga qiziqish bildirgan, ammo Rim klubi o‘z hujumchisini ijaraga berishni istamay, 10 million yevrodan kamiga sotmoqchi emasligi haqida xabar qilingandi.

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 11:49, 18.11.2022.
O'qildi: 4735 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.