Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika - JAR

"Arsenal" Liga 1'dan yarim himoyachi xarid qilmoqchi

"Arsenal" Liga 1'dan yarim himoyachi xarid qilmoqchi

Baho:
+ | -

"Arsenal" "Tuluza"ning hujumkor yarim himoyachisi Fares Shaibiga qiziqish bildirmoqda, deya xabar beradi Footmercato. London klubi skautlari futbolchini Fransiya chempionatining 15-turidan o‘rin olgan “Renn”ga qarshi o‘yinda (1:2) kuzatishdi.

19 yoshli jazoirlik bu mavsumda “Tuluza” safida barcha turnirlarda 13 o‘yin o‘tkazib, 3 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portaliga ko‘ra futbolchining transfer qiymati 4 million yevroga baholanmoqda.

"Arsenal" 16-turdan keyin APL turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. Jamoa 37 ochko jamg‘arib, eng yaqin ta’qibchi – “Manchester Siti”dan besh ochkoga ilgarilab ketdi.

Kiritildi: 21:08, 18.11.2022.
O'qildi: 1145 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик