Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/02 00:45 Bolonya 0-3 Milan
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya

"Lester" yulduzi bilan yangi shartnoma imzolashiga ishonadi

"Lester" yulduzi bilan yangi shartnoma imzolashiga ishonadi

Baho:
+ | -

"Lester" belgiyalik yarim himoyachi Yuri Tilemansning kelasi yozda klubni tekinga tark etishiga to‘sqinlik qila olishiga ishonmoqda, deb xabar beradi Daily Mail.

Yarim himoyachi haligacha "tulkilar" bilan mavsum oxirigacha amal qiladigan shartnomasini yangilagani yo‘q. Yanvar oyidan boshlab futbolchi boshqa klublar bilan muzokara olib borishi mumkin.

Manba bergan xabarga ko‘ra, "Lester" rahbariyati futbolchi vakillari bilan yaxshi munosabatda va yaqin haftalarda kelishuvga erishmoqchi. Aks holda, ingliz klubi yanvar oyida Tilemansni sotishi mumkin.

Avvalroq belgiyalik futbolchiga "Arsenal" va "Barselona" klublari qiziqayotgan edi.

25 yoshli yarim himoyachi joriy mavsumda “Lester” safida barcha turnirlar doirasida 17 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, futbolchining narxi 40 million yevroni tashkil qiladi.

Kiritildi: 21:30, 18.11.2022.
O'qildi: 882 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.