Madridning "Real" klubi o‘zining ikki yarim himoyachisi Toni Kroos va Luka Modrich bilan amaldagi shartnomalarni tezroq uzaytirish borasida ish olib bormoqda, deya xabar beradi Marca.
Klub har ikki futbolchi ham jahon chempionati yakunlanganidan so‘ng 2023 yilda yakunlanadigan shartnomalarini uzaytirishi kerak deb hisoblamoqda.
Qayd etilishicha, futbolchilarga "qirollik klubi" tomonidan 1+1 ko‘rinishida shartnoma taklif etiladi.