Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

Klublardan rang-barang start

Klublardan rang-barang start

Baho:
+ | -

Ha, bir qator jamoalar mavsumni o‘zlari istagandek boshlay olmadilar. Biroq boshqalari aksincha, muvaffaqiyatli startni ishonch bilan davom ettirmoqdalar. Biz quyida o‘z muxlislariga olam-olam quvonch baxsh etayotgan chinakam syurpriz sohiblari haqida hikoya qilishni lozim topdik.

«ARSENAL»

Ko‘pchilik muxlislar «to‘pchilar»ni hisobdan chiqarib qo‘yishdi, desak, Arteta jamoasiga nisbatan adolatsizlik qilgan bo‘lamiz. Lekin, ochig‘i, jamoa ilk turdan boshlab eng yuqori o‘rin uchun bunchalik shiddat bilan kirishishi chindan ham ajoyib syurpriz bo‘ldi. Ha, hozircha aynan shunday - startdagi 14 uchrashuvning 12tasida g‘alaba, amaldagi chempiondan 5 «qadam» oldinda. Agar bu chindan ham avvalgi «Arsenal»ning qaytishi bo‘lsa, bu yog‘i yanada qiziqarli va murosasiz o‘tishi aniq. Ishqilib, ko‘z tegmasin!

 

«NYUKASL»

Bu jamoa chinakamiga shiddatli parvozni amalga oshirmoqda, o‘tkazgan 15ta o‘yinining 8tasida g‘alaba, 6ta durang va yagona mag‘lubiyat. Shu tariqa «hakkalar» YECHL hududiga kirib oldilar. Eddi Xau sifatli jamoani shakllantirmoqda, yetakchi o‘yinchilar top-klublar e’tiborini tortishmoqda. Masalan, yarim himoyachi Brunu Gimaraesh «Real»ning nishonida. Biroq braziliyalik futbolchi hozircha ketmoqchi emas - «hakkalar» parvozi endi boshlandi.

 

«NAPOLI»

Neapolliklar doimo raqobatbardosh jamoaga ega bo‘lishgan. Lekin joriy mavsumda «Napoli» ichki musobaqalarda ham, xalqaro arenada ham har qanday raqibni pisand qilmayapti. Jamoa «A» seriyasida mag‘lubiyatsiz seriyani davom ettirmoqda, atigi 2 marta durangga rozi bo‘lgan holda turnir jadvalini katta tafovut bilan boshqarmoqda - 2-o‘rindagi «Milan»dan 8 ochkoga ilgarilab ketgan. YECHLda ham mag‘lubiyatsiz ishtirok evaziga muddatidan avval «pley-off» bosqichi yo‘llanmasini naqd qildi. Luchano Spalletti jamoasining sermahsulligi alohida e’tiborga loyiq. Hozirga qadar jamoa ichki chempionatning 15ta o‘yinida 37ta gol urdi, bu borada ham yaqqol peshqadam. Shunday ekan, «Napoli» - skudetto uchun 1-raqamli da’vogar.

 

«ATLETIK»

Ernesto Valverde murabbiylik postiga qaytganidan keyin bilbaoliklar jamoasi yanada maftunkor o‘yin ko‘rsata boshladi. 9-turdagi alamli mag‘lubiyatga («Atletiko», 0:1) qadar basklar 3-o‘rinda edilar. Sermahsul hujum chizig‘iga ega bo‘lgan jamoa 14ta o‘yinda 24ta gol urgan, bu borada faqat «Real» va «Barselona» (33tadan)dan ortda qolmoqda. Qisqasi, miriqib hordiq chiqargan Valverde g‘ayrat-shijoat bilan ishlamoqda.

 

«UNION»

Yaqingacha Berlin klubi Bundesliganing «Olimpik»i maqomida edi. Ya’ni, nomdor raqiblaridan ochkolar tortib olish ustasi edi. Endi esa ochko jamg‘arish bo‘yicha ham ishlari chakki emas. Berlin jamoasi o‘tkazilgan 15-turdan so‘ng YECHL hududidan o‘rin egallagan, 2-o‘rindagi «Frayburg»dan atigi 3 ochkoga ortda qolishmoqda. To‘g‘ri, bu bilan Germaniyada chempionlikka yangi da’vogar paydo bo‘ldi, deya olmaymiz. Lekin «Union» Bundesliga bellashuvlariga o‘zgacha jilo qo‘shgani aniq.

 «LORYAN»

Liga1 ham syurprizlardan xoli emas. «Loryan» - ularning biri. Ayni pallada jamoa ortda qolgan 15 turdan keyin 5-o‘rinni egallab turibdi. Faqatgina «abadiy gegemon» - «PSJ» ilgarilab ketgan. Biroq futbol kutilmagan natijalari bilan qiziqarli...

MUHAMMADSODIQ tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 12:53, 19.11.2022.
O'qildi: 2311 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.