Italiya ommaviy axborot vositalari Turinning "Yuventus" va Londonning "Chelsi" klublari o‘rtasidagi potensial kelishuv haqida xabar bermoqda. Tumanli Albiondan Apennin orollariga "ko‘klar" yarim himoyachisi Meyson Maunt ketishi mumkin.
Calciomercato nashri xabariga ko‘ra, "Yuventus" futbolchisi Federiko Kyeza Londonga yo‘l olishi mumkin. Turin klubi bu kelishuv uchun londonliklarga qo‘shimcha pul to‘lashga tayyor.
Eslatib o‘tamiz, Federiko yaqinda jiddiy jarohatidan forig‘ bo‘lgan va bu yil deyarli maydonga tushmagandi. Uning hozirgi transfer narxi 60 million yevroga baholanmoqda.
Mauntning narxi 75 million yevroni tashkil qiladi.