Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

Azmun Angliyani jazolaydimi? JCH-2022ning ikkinchi kuni: kimlar o‘ynaydi, qayerda tomosha qilamiz, favoritlar bormi?

Azmun Angliyani jazolaydimi? JCH-2022ning ikkinchi kuni: kimlar o‘ynaydi, qayerda tomosha qilamiz, favoritlar bormi?

Baho:
+ | -

JCH-2022 Qatar va Ekvador terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yin bilan ochildi va janubiy amerikaliklarning 2:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. Bugun, 21 noyabr kuni esa yana oltita jamoa uchun turnir boshlanadi. Quyida ushbu uchrashuvlar haqidagi asosiy ma’lumotlar keltirilgan.

Angliya - Eron

Yevropa vise-chempionlari “Xalifa” stadionida Osiyo terma jamoasi bilan uchrashadi. U Dohada joylashgan bo‘lib, 45 000 dan ortiq tomoshabinni sig‘dira oladi. O‘yin Toshkent vaqti bilan 18:00da boshlanadi. Ushbu o‘yinda Rafael Klaus boshchiligidagi braziliyalik hakamlar brigadasi ishlaydi. Uchrashuv Sport TV telekanalida jonli efirda namoyish etiladi, translyasiya soat 17:45da boshlanadi.

Mutaxassislar va ko‘plab muxlisalar ushbu uchrashuvda Angliyani favorit hisoblamoqda sizning fikringiz qanday? Izohlarda yozib qoldiring!

Senegal - Niderlandiya

Niderlandiya terma jamoasi turnirdagi ilk uchrashuvini Senegal bilan o‘tkazadi. Afrika terma jamoasi Sadio Maneni jarohati tufayli yo‘qotdi, bu esa guruhdan chiqish vazifasini sezilarli darajada qiyinlashtiradi. Uchrashuv Dohadagi 40 000 muxlisni sig‘dira oladigan "El Tumama" stadionida bo‘lib o‘tadi. O‘yin soat 21:00da boshlanadi. Ushbu uchrashuvda ham Braziliya hakamlar brigadasi ishlaydi, biroq uni Vilton Sampaio boshqaradi. Uchrashuvni Sport TV jonli efirda namoyish etadi, jonli efir boshlanishi soat 20:45ga belgilangan.

Ushbu terma jamoalarning tarixiga qarar ekanmiz, ular bir-biri bilan hech qachon o‘ynamagani guvohi bo‘lamiz. Shuning uchun uchrashuv natijasini oldindan tahmin qilib bo‘lmaydi.

AQSH - Uels

Ikkinchi o‘yin kunini yakunlab beruvchi uchrashuv Ar Rayyan shahrida joylashgan "Ahmed bin Ali" stadionida bo‘lib o‘tadi. Ushbu arena 40 mingdan sal ko‘proq odamni sig‘dira oladi va uchrashuv Toshkent vaqti bilan 00:00da boshlanadi. O‘yinni Sport TV orqali jonli efirda tomosha qilishingiz mumkin, translyasiya 23:45da boshlanadi. Uchrashuvda Abdulrahmon Al Jassim boshchiligidagi Qatarlik hakamlar brigadasi ishlaydi.

Ilgari jamoalar o‘zaro ikki marta to‘qnash kelishgan, har ikki holatda ham bu o‘rtoqlik uchrashuvlari bo‘lgan. 2003 yilda Qo‘shma Shtatlar raqibni 2:0 hisobida mag‘lub etgan edi va 17 yildan keyin o‘tkazilgan o‘yin esa golsiz yakunlandi.

22 noyabr kuni bizni birdaniga to‘rtta o‘yin kutmoqda: Argentina - Saudiya Arabistoni, Daniya - Tunis, Meksika - Polsha va Fransiya - Avstraliya. Shu kuni amaldagi jahon chempionlari ham, so‘nggi Amerika kubogi g‘oliblari ham maydonga tushishadi. Bu qiziqarli bo‘ladi, degan umiddamiz!

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 09:04, 21.11.2022.
O'qildi: 3827 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.