Kataloniyaning "Barselona" va Ispaniya terma jamoasining afsonaviy yarim himoyachisi Andres Inyesta "Manchester Siti" hujumchisi Erling Xoland haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Men Erlingni ko‘p kuzatib bormadim, lekin u hujumdagi "yirtqichligi" aniq. U Messi va Ronalduning gol urish rekordini yangilaydimi? Agar Xoland hozirgi o‘yinini saqlab qolsa, buni uddalay oladi. Garchi Lionel va Krishtianudan o‘zib ketish ancha qiyin bo‘lsa ham", - deya Andresning so‘zlaridan iqtibos keltiradi AS.
Xoland "Manchester Siti"ga yozgi transfer oynasida qo‘shildi. Joriy mavsumda norvegiyalik to‘purar 17ta o‘yinda ishtirok etib, 23ta gol va 7ta golli uzatmani amalga oshirdi.