Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/11 18:00 Paxtakor 0-2 OKMK
22/11 16:00 Neftchi - Nasaf
22/11 18:15 Qizilqum - Navbahor
23/11 01:00 Xetafe - Valyadolid
23/11 15:00 Olimpik - Bunyodkor
23/11 17:15 Andijon - Dinamo
23/11 17:30 Lester - Chelsi
23/11 18:00 Valensiya - Betis
23/11 19:00 Verona - Inter
23/11 20:00 Bornmut - Brayton
23/11 20:00 Arsenal - Nottingem Forest
23/11 20:00 Aston Villa - Kristal Pelas
23/11 20:00 Everton - Brentford
23/11 20:00 Fulhem - Vulverhempton
23/11 20:15 Atletiko - Alaves
23/11 22:00 Milan - Yuventus
23/11 22:30 Manchester Siti - Tottenhem
23/11 22:30 Las-Palmas - Malyorka
23/11 22:30 Jirona - Espanyol

Dramaga ulangan jarohat

Dramaga ulangan jarohat

Baho:
+ | -

Sadio Manening eng muhim pallada «Bavariya» o‘yinida jarohatga yo‘liqqani nafaqat Senegal, balki butun Afrikani aqldan ozdirdi.

Senegalliklar milliy jamoaning chin yetakchisi Qatar mundialida o‘ynashini ta’minlash yo‘lida hamma narsaga tayyorlar... 

Jahon chempionati arafasi - mavsumning eng qaltis va dramatik qismi. Bu vaqtda ba’zi futbolchilar qo‘qqisdan omadsizlikka uchrashadi va bemavrid jarohat tufayli orziqib kutilgan asosiy turnirga borish baxtidan mosuvo bo‘lishadi. Mana, bu yil ham ne-ne yulduzlar shunday ko‘rgilikka duch kelishdi. Xususan, Senegal milliy jamoasining asosiy yulduzi Sadio Mane ham. Lekin uning dramasi boshqalarnikidan keskin farqlanadi.

Sadio Mane «Bavariya»ning oddiy o‘yinida safdan chiqdi. Endi senegalliklar sehr-jodudan foydalanmoqchilar. Bundesliganing 14-turi. «Verder»ga qarshi uy uchrashuvi. Mane 15-daqiqada tizzasidan jarohatdandi va shifokorlar shtabi ko‘rsatmasiga binoan, almashtirildi. «Bavariya» yakunda raqibni shunchaki, «ezib» tashladi - 6:1. Ehtimolki, Myunxen klubi agar Sadio asosiy tarkibga kiritilmaganida ham, xuddi shunday qilardi. Qisqasi, senegallik futbolchi omadsizlikka uchradi. Fransiyaning yirik sport nashri - L~Equipe ertasigayoq muxlislar qo‘rquvini tasdiqladi. Ya’ni Mane bo‘lajak mundialda qatnnasholmasligi haqida xabar tarqatildi. Dramaning eng qiqiqarli qismi shundan so‘ng boshlandi. Avvalo, senegallik muxlislar amaliy harakatga tushishdi. Ulardan biri taqdir hukmidan shu qadar g‘azablandiki, 4 yillikning asosiy turnirini keyinroq muddatga qoldirish talabi ilgari surilgan petisiyaga start berdi. Hujjat ma’nosi: «Afrikaning eng yaxshi futbolchisi Sadio Mane jarohatlandi, shu tufayli uning uchun jahon chempionati keyinroqqa qoldirilishiga erishishimiz kerak!» Diqqatga sazovor tomoni, ushbu petisiyaga bir kunda 1500 kishi imzo chekdi.

Keyinroq AFP jurnalistlari Senegal futbol federasiyasi har qanday holatda ham, Maneni milliy jamoa «zayavka»siga kiritishi haqidagi ma’lumotni oshkor qilishdi. Bu nimani anglatadi? Hammasi oddiy va tushunarli. Birinchi variant: senegalliklar mo‘’jiza sodir bo‘lishi va Sadio tezda tiklanishidan umidvorlar. Ikkinchi variant: Senegal termasi futbolchining salomatligini ikkinchi darajaga tushirib, uni ukollar yordamida o‘ynatishga moyil. Oradan hech qancha o‘tmay, barchasiga javob topildi. Bunda «sehr» iborasi yanada o‘rinli ko‘rinadi. Ma’lum bo‘lishicha, senegalliklar Maneni tezda safga qaytarishda tibbiyot yoki ilmiy asoslar emas, xalq usullaridan foydalanmoqchilar. Har holda, FIFA bosh kotibi - senegallik Fotima Samura xonim shov-shuvli bayonot berdi: «Manening shu pallada jarohatlangani - juda achinarli holat. Endi unga yordam berish uchun afsun ishlatadigan shamanlar xizmatidan foydalanishga majburmiz. Bu usul samaralimi? Chindan ham, shamanlar yordam bera olishadimi? To‘g‘risi, hozircha natija chiqish-chiqmasligini aniq bilmayman, lekin urinib ko‘ramiz, baribir. Hozirgi holatda faqat mo‘’jizadan umid bog‘lashimiz mumkin. Chunki Mane Qatarga borishi shart. Sadio, 21 noyabr kuni u yerda bo‘lishing shart!»

Gap shundaki, Mane Senegal futboli uchun shunchaki, yulduz emas. U - milliy jamoani tortib yuradigan kuch. Unutmaslik kerak, Senegal termasi ko‘p jihatdan Sadio tufayli JCH yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Raqamlarda aytsak, Mane Afrika miqyosidagi saralash doirasidagi 7ta o‘yinda 3ta gol urdi. Asosiysi, «pley-off» raundida penaltilar seriyasidagi hal qiluvchi zarbani golga aylantirib, Misr termasi umidini yerga ko‘mdi. Yil boshida esa Sadio Afrika kubogida ham o‘zini ko‘rsatdi - «GolQpas» tizimi bo‘yicha 5 ochko (3ta gol va 2ta samarali uzatma). Ayniqsa, Misr termasiga qarshi kechgan final alohida o‘rin tutdi - penaltilar seriyasida aniq zarba va Senegal milliy jamoasi tarixda ilk marta qit’a chempioni! Umumiy statistikaga qarasak, Mane mamlakat bosh jamoasi libosida 92ta o‘yin o‘tkazib, 33ta gol urgan. Senegallik sport jurnalistlarining jarohatga munosabatlari ham Sadio bugungi terma jamoada almashtirilmas futbolchi ekanligini tasdiqlaydi. The Athletic nashri bu borada bir qator mahalliy OAV vakillariga murojaat qilib, deyarli bir xil javob oldi. Munosabat bayoni turlicha, ammo ma’no bir xil. «Manening jarohatlangani to‘g‘risidagi xabar butun Senegalni «shok» holatiga soldi, - dedi jurnalist Sayku Seydi. - Odamlar bunga ishonishdan shunchaki, bosh tortishmoqda. Yo‘q, bu ularning jurnalistlarga ishonmasliklaridan emas, balki Sadiosiz jahon chempionatiga borishni istamasliklaridan... Axir Mane biz uchun Messi, Neymar va Mbappe darajasida». Yana bir jurnalist Abubakri Ba ham shu ma’noda gapirdi: «Maneni hattoki. kimgadir qiyoslay olmayman. Uning darajasi yuqori me’yordan ham baland. Sadio - eng yaxshilardan yaxshisi va noyobi. Ochig‘i, bu futbolchini na maydon va na undan tashqarida almashtirish imkoni bor».

Mane dramasi qanday tus olishini aytish qiyin. Binobarin, Senegal termasi 21 noyabr kuni Niderlandiya milliy jamoasiga qarshi o‘yin bilan jahon chempionatiga kirishishi kerak. Sadioning jarohati butun Afrikani aqldan ozish darajasiga keltirganini hisobga olsak, voqealar rivojini taxmin qilishning iloji yo‘q. Ha, jarohatlangan Mane darhaqiqat, Senegal milliy jamoasining JCH uchun bergan yakuniy «zayavka»siga kiritildi. Demak, futbolchi qatarga boradi. Tanganing ikkinchi tomoniga qarasak, endi «Bavariya» voqealar rivojidan norozi. Bild nashrida yozilishicha, Myunxen klubiga eng muhim futbolchilaridan birining salomatligi xavf ostida qolayotgani sira yoqmayapti. «Bavariya» bu masalada rasmiy e’tiroz-bayonot bilan chiqishga ham ulgurdi. Qiziq, Sadio dramasi qanday yakun toparkin? U Qatar maydonlarida senegalliklarga yordam bera oladimi? Buni bilish uchun ozgina sabr qilish va JCH-2022 o‘yinlarini kuzatish kerak.

D.ALIMOV tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:50, 21.11.2022.
O'qildi: 2387 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.